GET /api/v1/faq/?format=api&ordering=title&page=5
HTTP 200 OK
Allow: GET, POST, HEAD, OPTIONS
Content-Type: application/json
Vary: Accept

{
    "count": 108,
    "next": "https://api.artelelectronics.com/api/v1/faq/?format=api&ordering=title&page=6",
    "previous": "https://api.artelelectronics.com/api/v1/faq/?format=api&ordering=title&page=4",
    "results": [
        {
            "id": 96,
            "title": "Konditsionerni WI-Fi ga qanday ulash mumkin?",
            "answer": {
                "id": 96,
                "title": "Mahsulotni \"Wi-Fi\" ga ulash uchun pultidan \"Health\" tugmasi 8 marotaba ketma-ket bosiladi va konditsionerda signal chalinadi. Wi-Fi belgisi paydo boʼlgandan keyin telefon orkali AC Fredoom ilovasidan royxatdan oʼtib, ilovada mahsulotni nomini tanlab olish kerak. Shundan keyin mahsulotni masofadan turib telefon orqali boshqarish mumkin boʼladi."
            }
        },
        {
            "id": 145,
            "title": "Konditsionerning to‘g‘ri tanlanishi qanday bo‘ladi?",
            "answer": {
                "id": 145,
                "title": "\"25 m² gacha bo‘lgan kichik xonalar uchun 9000 BTU quvvatli konditsioner mos keladi.\n26 m² dan 35 m² gacha bo‘lgan xonalarni samarali sovitish uchun 12000 BTU quvvatli konditsioner talab etiladi. 55 m² gacha bo‘lgan xonalar uchun kamida 18000 BTU quvvatli konditsioner zarur. Maydoni 55 m² dan ortiq bo‘lgan katta xonalar uchun esa 24000 BTU quvvatli konditsioner o‘rnatish lozim.\nAgar xonaning derazalari quyoshli tomonga qaragan bo‘lsa, 15-20% qo‘shimcha quvvatga ega konditsionerni tanlash maqsadga muvofiq.\""
            }
        },
        {
            "id": 130,
            "title": "Mikroto‘lqinli pechda metall idishlardan foydalanish mumkinmi?",
            "answer": {
                "id": 130,
                "title": "Mikroto‘lqinli pechda metall idishlarni ishlatish mumkin emas, metall mikroto‘lqinlarni qaytaradi va mahsulotlarni isitishga xalaqit beradi. Qaytgan to‘lqinlar pechning asosiy elementi bo‘lgan magnetronni shikastlab, qizib ketishi va sinishiga olib kelishi mumkin. Metall buyumlarda ko‘pincha chetlarida elektr to‘planishi natijasida uchqunlar paydo bo‘ladi, bu esa qisqa tutashuvga yoki hatto yong‘inga olib kelishi mumkin. Xavfsiz va bir tekis isitish uchun qizdirilgan shisha, keramika yoki maxsus belgilangan plastmassadan tayyorlangan idishlardan foydalaning."
            }
        },
        {
            "id": 133,
            "title": "Mikroto‘lqinli pechda qanday idish-tovoqlarni ishlatib bo‘lmaydi?",
            "answer": {
                "id": 133,
                "title": "Mikroto‘lqinli pechda metall idishlar va metall elementlari bo‘lgan idishlardan foydalanmang - metall uchqun chiqaradi va mikroto‘lqinli pechga zarar yetkazadi. Maxsus yorliqsiz plastik idishlar yaroqsiz - zararli moddalar chiqarishi mumkin. Shuningdek, qizdirilganda sinib ketmasligi uchun darz ketgan va singan idishlardan foydalanish tavsiya etilmaydi."
            }
        },
        {
            "id": 132,
            "title": "Mikroto‘lqinli pechda qanday idishlarni ishlatish mumkin?",
            "answer": {
                "id": 132,
                "title": "Mikroto‘lqinli pechda ishlatish uchun borosilikat shishadan yasalgan idishlar, sopol idishlar, \"Microwave Safe\" belgisi bor plastmassa idishlar hamda oziq-ovqat silikonidan tayyorlangan idishlar mos keladi."
            }
        },
        {
            "id": 131,
            "title": "Mikroto‘lqinli pechni uzoqroq ishlashi uchun uni qanday to‘g‘ri ishlatish kerak?",
            "answer": {
                "id": 131,
                "title": "Faqat mikroto‘lqinli pechga mo‘ljallangan idishlardan foydalaning. Kameraning ifloslanishining oldini olish uchun maxsus plastik qopqoqlarni ishlatishni unutmang. Kamerada yog‘ va ovqat qoldiqlari to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymang, kamera va boshqaruv panelini muntazam ravishda tozalab turing. Bo‘sh pechni ishga tushirmang, eshikcha va elektr shnurining sozligini doimo nazorat qilib boring."
            }
        },
        {
            "id": 155,
            "title": "Mini pech duxovkadan qanday farq qiladi?",
            "answer": {
                "id": 155,
                "title": "Mini-pechni oson ko‘chirish va xohlagan joyga o‘rnatish mumkin. U kichraytirilgan duxovkaga o‘xshaydi, yuqori va pastki isitish tizimidan foydalanadi, konveksiya yoki grill bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin. To‘liq duxovka shkafidan farqli o‘laroq, mini-pech o‘lchami kichikroq, o‘rnatish osonroq va elektr energiyasini kamroq sarflaydi, biroq rejimlar to‘plami kamroq va sig‘imi kichikroq bo‘ladi."
            }
        },
        {
            "id": 156,
            "title": "Mini pechni qanday qilib to‘g‘ri tozalash kerak?",
            "answer": {
                "id": 156,
                "title": "Mini-pechni to‘g‘ri tozalash uchun avval barcha olinadigan qismlarni (pardani, panjarani) olib tashlang. Yumshoq yuvish vositasi bilan yumshoq mato yoki gubkadan foydalaning, yuzalarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan agressiv kimyoviy moddalar va abraziv vositalardan saqlaning. Yog‘li iflosliklar uchun soda pastasi surtiladi, bir necha soatga qoldiriladi, so‘ngra ehtiyotkorlik bilan olib tashlanadi. Kir va hidlarning to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun pechdan foydalangandan so‘ng uni muntazam ravishda tozalang. Mini-pechni har doim o‘chirilgan va sovigan holatda tozalab turing."
            }
        },
        {
            "id": 157,
            "title": "Mini pechni qanday qilib to‘g‘ri tozalash kerak?",
            "answer": {
                "id": 157,
                "title": "Elektr mini-pechda quyidagilarni ishlatish mumkin emas:\n\nMetall idishlar va alyuminiy folga - ular uchqun chiqaradi va texnikaga zarar yetkazishi mumkin.\n\nOltin suvi yuritilgan yoki yaltiroq metall elementlari bo‘lgan idishlar - ular ham uchqun chiqaradi.\n\nKristall - tarkibidagi qo‘rg‘oshin va notekis qizdirish natijasida yorilib ketishi mumkin.\n\nPechda ishlatish uchun xavfsiz deb belgilanmagan plastmassa idishlar - ular zaharli moddalar chiqarishi mumkin.\n\nYog‘och, melamin va penoplast - qizdirilganda deformatsiyalanishi yoki zararli moddalar chiqarishi mumkin.\n\nFaqat mini pechlar yoki duxovkalar uchun mos deb belgilangan idishlardan foydalaning, masalan, keramika, issiqlikka chidamli shisha va maxsus silikon."
            }
        },
        {
            "id": 161,
            "title": "Multivarka nima uchun xatolikni ko‘rsatadi yoki tugmalarga javob bermaydi?",
            "answer": {
                "id": 161,
                "title": "Ba’zida xatolar idishning to‘lib ketishi, dasturning noto‘g‘ri tanlanishi yoki ichki harorat sensori bilan bog‘liq muammolar tufayli yuzaga keladi. Qurilmani bir necha daqiqaga quvvatdan uzish orqali qayta ishga tushiring"
            }
        }
    ]
}