GET /api/v1/faq/?format=api&page=10
HTTP 200 OK
Allow: GET, POST, HEAD, OPTIONS
Content-Type: application/json
Vary: Accept

{
    "count": 108,
    "next": "https://api.artelelectronics.com/api/v1/faq/?format=api&page=11",
    "previous": "https://api.artelelectronics.com/api/v1/faq/?format=api&page=9",
    "results": [
        {
            "id": 71,
            "title": "Avtomatik kir yuvish mashinasini qanday qilib to‘g‘ri o‘rnatish mumkin?",
            "answer": {
                "id": 71,
                "title": "Kir yuvish mashinasi oyoqchalarini sozlash orqali tekis yuzaga o‘rnatiladi. Yon va orqa tomonlardan 5-10 santimetr bo‘sh joy qoldirilsin. Mahsulotning orqa tomonidagi tashish boltlarini yetkazib berish to‘plamiga kiritilgan kalit yordamida yeching. Uskunani ishlatish uchun shlangni uydagi suv quvuriga, elektr kabelini esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri rozetkaga ulash lozim. Mahsulotga ulanadigan suvning bosimi 0,8 MPa dan oshmasligi kerak. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushadigan joylarda, sovuq, haddan tashqari quruq yoki nam xonalarda foydalanishdan saqlaning."
            }
        },
        {
            "id": 68,
            "title": "Qanday qilib televizorga (USB) fleshka ulash mumkin?",
            "answer": {
                "id": 68,
                "title": "USB ichidagi narsalarni koʼrish uchun bosh menyudan \"Smart Player\" yoki \"Media Player\" ilovasidan koʼrish mumkin. Аgar bosh menyudan chiqmasa, boʼlimning oxiriga oʼtib \"+\" bosiladi va qoʼshimcha ilovalar chiqadigan joydan \"Smart Player\" yoki \"Media Player\" ilovasini topib ichiga kiriladi"
            }
        },
        {
            "id": 67,
            "title": "Wi-Fi tarmoqqa ulanganingizda \"Internetga ulanish yo‘q\" xabari paydo bo‘lsa, nima qilish kerak?",
            "answer": {
                "id": 67,
                "title": "Routerni qayta ishga tushiring. Agar internet aloqasi yaxshi bo‘lsa, bu xabar televizorda sana va vaqt noto‘g‘ri o‘rnatilganda paydo bo‘lishi mumkin. D4 tugmasini bosing → \"Qurilma sozlamalari\" bo‘limiga kiring → \"Sana va vaqt\" bo‘limini toping → agar o‘chirilgan bo‘lsa, \"24 soatlik format\"ni yoqing → \"GMT vaqt mintaqasi + 05:00\"ni o‘rnating. → \"Sana va vaqt\" bo‘limiga qaytib kirib, sana va vaqtni to‘g‘ri qiymatga o‘zgartiring."
            }
        },
        {
            "id": 66,
            "title": "Televizorda kanallar roʼyxatini oʼzgartirish tartibi qanday?",
            "answer": {
                "id": 66,
                "title": "Kanallar roʼyxatini oʼzgartirish yoki oʼchirish uchun, televizorda kanallar koʼrsatib turgan paytda, avval kanallarni roʼyxatini chiqarish kerak, buning uchun televizorning modeliga qarab, \"Лист\" yoki 3 ta chiziq tushirilgan tugma bosiladi, kanallar roʼyxati chiqgandan soʼng, oʼng tarafda \"Органайзер каналов\" boʼlimiga oʼtib, kanallarni boshqarish, roʼyxatini toʼgʼirlash mumkin."
            }
        },
        {
            "id": 65,
            "title": "Televizorda ovozli boshqaruv funksiyasini qanday ulash mumkin?",
            "answer": {
                "id": 65,
                "title": "Televizorda ovozli boshqaruv funksiyasi ulanishi uchun avval, mahsulot Wi-Fi ga ulangan boʼlishi kerak. Pultdan \"Home\" – (uychani rasmi tushirilgan) tugmasi bosilib asosiy menyuga oʼtiladi. Ovozli boshqaruv funksiyasini ulash uchun, mahsulotga 1 metr yaqinlikda kelib, interaktiv \"Google\" tugmasi bosiladi, ekranda \"Home\" + \"OK\" tugmalari bosilishini koʼrsatgan oyna paydo boʼladi. Ulash uchun koʼrsatilgan tugmalarni bir vaqtda 5-10 soniya bosib ushlab turish kerak. Bu vaqtda ekranda \"Подключение\" yozuvi chiqib, ovozli boshqaruv ulangangandan soʼng \"Подключено\"/ \"Успешно\" degan yozuv chiqadi. Ovozli boshqaruv funksiyasini ishlatish uchun, interaktiv \"Google\" tugmasi bosib turilib, qidirmoqchi boʼlgan soʼzni gapirsa, topib beradi."
            }
        },
        {
            "id": 64,
            "title": "Аndroid turdagi televizorlarda \"Автопоиск\" qilish tartibi qanday?",
            "answer": {
                "id": 64,
                "title": "Televizor pultida \"Home\" – (uychani rasmi tushirilgan) tugmasi bosilib asosiy menyuga oʼtiladi. Soʼng, \"Source\" tugmasi bosilib, kerakli manba tanlanadi. (Antenna / DVB-T/ Efir) boʼlimga kirilib. \"Автоматическая настройка\" qilinadi."
            }
        },
        {
            "id": 63,
            "title": "Gaz plitasida elekr o't oldirgichdan foydalanish tartibi va olov oʼchib qolishi sababilari qanday?",
            "answer": {
                "id": 63,
                "title": "Gaz plitada “Gaz nazorati” qurilmasi mavjud. Muntazam olov yonib turishi uchun, gorelkada olov yonganidan soʼng 10-15 soniya buragichni qoʼyib yubormasdan ushlab turish kerak boʼladi. Shundan soʼng termo datchik qizib olib olov oʼchmasdan ishlaydi."
            }
        },
        {
            "id": 60,
            "title": "Nima sababgan gaz plita duxovkasining, tepa va pastki gorelkalari bir vaqtda yonmaydi?",
            "answer": {
                "id": 60,
                "title": "Gaz plita duxovkasining tepa va pastki qismlari gaz bilan yonadigan boʼlsa, gorelkalarni bir-biridan alohida ishlatish mumkin. Tepa va pastki gorelkalarni bir vaqtda ishlatishning iloji yoʼq. Sababi tepa va pastki gorelkalar bir vaqtda yonsa, duxovkali shkaf ichida kislorod tugab, olov oʼchishiga olib keladi. Shu sababdan,  buragichlarda ikkita gorelkani bir vaqtda ishlatish rejimi yoʼq."
            }
        },
        {
            "id": 59,
            "title": "Gaz plitadan foydalanganda nima uchun idishlar qorayishi kuzatiladi?",
            "answer": {
                "id": 59,
                "title": "Gaz plita gorelkalari ishlab chiqarilayotganda, tabiiy gazga moslashgan boʼladi. Аgar mijoz propan gazdan foydalansalar, idishlarni qoraytiradi. Sababi, tabiiy gaz bosimi 20 MBar da kelib, gorelkalar fakat shu bosimga moʼljallangan boʼladi. Propan gaz esa, 30 MBar da kelib, bosim koʼpligi xisobiga, idishlar qorayadi. Bu xolatda, mijoz RayGaz xodimlariga murojaat qilib, komplektida chiqgan jiklyorlarni propan gazga moslashtirib, almashtirishlari lozim. Istasalar Artel servis markaziga qoʼngʼiroq qilib, ariza berishlari mumkin, servis mutaxassislari ham xizmat koʼrsatishadi."
            }
        },
        {
            "id": 58,
            "title": "Yangi xarid qilingan oshxona plitasining elektro-komforkalaridan nima uchun oq tutun chiqishi kuzatiladi?",
            "answer": {
                "id": 58,
                "title": "Yangi olingan gaz plitaning elektro-konforkasidan birinchi marotaba foydalanilganda, oq tutun chiqishi, bu tabiiy holat. Sababi zavoddan ishlab chiqarish jarayonida mahsulotga \"Korroziyaga qarshi\" mahsus moy surtiladi. Konforka ishga tushganida, surtilgan moy, oq tutun boʼlib chiqib ketgadi. Bunday holatda elektro-konforka, oq tutun oxirgacha chiqib ketgunigacha oʼchirilmaydi."
            }
        }
    ]
}