{"count":108,"next":"https://api.artelelectronics.com/api/v1/faq/?format=json&page=4","previous":"https://api.artelelectronics.com/api/v1/faq/?format=json&page=2","results":[{"id":143,"title":"Oshxona uchun so‘rg‘ichning quvvatini qanday qilib to‘g‘ri tanlash mumkin?","answer":{"id":143,"title":"\"Quvvati 500 m3/soat bo‘lgan so‘rma 6-8 m2 gacha bo‘lgan kichik oshxonalar uchun past intensivlikdagi pishirish yoki elektr plita uchun mos keladi.\n\nQuvvati 700 m3/soat o‘rtacha oshxonalar uchun 10-15 m2 atrofida optimal hisoblanadi, oddiy ovqat pishirishda hid va bug‘ni yaxshi yo‘qotadi.\n\nQuvvati 900 m3/soat va undan yuqori bo‘lgan so‘rma katta oshxonalar va pishirish jadalligi yuqori bo‘lgan xonadon-studiyalar uchun, ayniqsa gaz plitasidan foydalanilganda, mos keladi.\""}},{"id":142,"title":"Nima uchun ventilyatsiyadan yoqimsiz hid kelmoqda?","answer":{"id":142,"title":"So‘rg‘ich ishlayotganida yoqimsiz hid paydo bo‘lishi toza havo oqimi yetishmasligi va/yoki ventilyatsiya kanali tiqilib qolishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Xonaga toza havo kirishini ta’minlang hamda filtrlar va shamollatish kanallarining tozaligini saqlang."}},{"id":141,"title":"Nima uchun so‘rg‘ich ishga tushmayapti?","answer":{"id":141,"title":"Kabel va rozetkaning, shuningdek saqlagichlarning sozligini tekshiring. Agar so‘rg‘ich baribir ishga tushmasa, u noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin, shu sababli ustaga murojaat qiling."}},{"id":140,"title":"Nima sababdan so‘rg‘ich kuchsiz ishlay boshladi?","answer":{"id":140,"title":"So‘rg‘ichning kuchsiz tortilishi ko‘pincha filtrlar va ventilyatsiya kanallarining ifloslanishi, shuningdek, xonada tabiiy havo almashinuvining yo‘qligi bilan bog‘liq. Filtrlarni muntazam ravishda tozalash va xonaga toza havo kirishini ta’minlash tavsiya etiladi."}},{"id":139,"title":"Havo so‘rish qurilmasining filtrlarini qancha vaqtda bir tozalash va almashtirish kerak?","answer":{"id":139,"title":"Havo so‘rish moslamasining yog‘ tutuvchi filtrlarini har 2-3 haftada tozalab turish lozim. Ko‘mir filtrlarini esa taxminan olti oyda bir marta almashtirish kerak."}},{"id":138,"title":"Blenderdagi \"Puls\" rejimi nima uchun kerak?","answer":{"id":138,"title":"Blenderning impulsli rejimi mahsulotlarning maydalanish darajasini aniqroq nazorat qilish imkonini beradi. \"Puls\" tugmasi bosilganda motor maksimal quvvat bilan ishlaydi, qo‘yib yuborilganda esa darhol to‘xtaydi."}},{"id":137,"title":"Qaysi blenderni tanlash kerak - botiriladiganmi yoki statsionar?","answer":{"id":137,"title":"Cho‘ktirma blender kichik porsiyalar, sho‘rvalar va souslar uchun qulay, ixcham va oson yuviladi, ammo quvvati kamroq. Statsionar blender kuchliroq, katta hajmli va qattiq mahsulotlar uchun mos keladi, avtonom ishlaydi, lekin ko‘proq joy egallaydi."}},{"id":136,"title":"Uzoq vaqt xizmat qilishi uchun blenderni qanday parvarish qilish kerak?","answer":{"id":136,"title":"Stakan va pichoqlarni muntazam ravishda tozalang, motorga suv kirishiga yo‘l qo‘ymang. Blenderda u mo‘ljallanmagan mahsulotlarni maydalamang va dvigatelning o‘tmaslashishi va sinishining oldini olish uchun blender idishini haddan tashqari yuklamang."}},{"id":135,"title":"Qaysi mahsulotlarni blenderda maydalab bo‘lmaydi?","answer":{"id":135,"title":"Qattiq butun yong‘oqlar, qahva donalari, muz, yirik muzlatilgan mahsulotlar, go‘sht va suyakli baliqni blender idishida maydalash tavsiya etilmaydi - ular tig‘lar va motorni o‘tmaslashtirishi va shikastlashi mumkin. Shuningdek, kartoshkani blenderda maydalash tavsiya etilmaydi, u yopishqoq quyuq massaga aylanadi. Blenderda issiq mahsulotlarni maydalash mumkin emas - bu blenderning shikastlanishiga va maishiy kuyishlarga olib kelishi mumkin."}},{"id":134,"title":"Blender nima sababdan qizib ketib o‘chib qoladi?","answer":{"id":134,"title":"Blender idishini haddan tashqari to‘ldirish, uzoq vaqt uzluksiz ishlash va o‘ta qattiq mahsulotlarni maydalash motorning qizib ketishiga hamda buzilishning oldini olish uchun himoya tizimining ishga tushishiga sabab bo‘lishi mumkin."}}]}