GET /api/v1/news/?format=api&ordering=-content&page=6
HTTP 200 OK
Allow: GET, POST, HEAD, OPTIONS
Content-Type: application/json
Vary: Accept

"count": 59,
"next": null,
"previous": "https://api.artelelectronics.com/api/v1/news/?format=api&ordering=-content&page=5",
"results": [

"id": 5,
"title": "Artel kompaniyalar guruhi Yevropa bozoriga katta qadam tashladi",
"types": [],
"publish_date": "2023-11-17",
"introduction_text": "Ўрта Осиёдаги энг йирик маиший техника ва электроника ишлаб чиқарувчиси — Artel компаниялар Гуруҳи ошхона плиталарининг хавфсизлиги Европа регламентларига мос келишини тасдиқланди.",
"content": "
2023 йил 17 ноябр куни Artel ошхона плиталари ишлаб чиқариш корхонаси Туркиянинг етакчи сертификатлаштириш органларидан бири томонидан СE (Conformitée Européenne) мувофиқлик сертификати билан тақдирланди.

Маҳаллий ишлаб чиқарувчининг ошхона плиталари 2016/426 «Газсимон ёқилғида ишлайдиган ускуналар ва жиҳозлар» 2016/426 GAR, 2014/35/EU Электр хавфсизлик бўйича Европа директивалари, 2014/30/EU электромагнит мослашувига мувофиқлик синовидан ўтказилди ва маҳсулотларни мувофиқлик белгиси СE билан ёрлиқлаш ҳуқуқига эга бўлди.

Ишлаб чиқарилган маҳсулотларнинг сифати ва хавфсизлиги тан олинишига эришиш учун компания мутахассислари кўп ишларни амалга оширдилар. Ошхона плиталари намуналари EN 30-1-1 ва EN 30-2-1 Европа стандартлари талабларига мувофиқлигини текшириш учун Туркиядаги INTEGRA96 лабораториясига юборилди. Маҳсулот синовлари муваффақиятли якунланганидан сўнг сертификатлаштириш органи вакиллари ошхона плиталари ишлаб чиқариш корхонасига ташриф буюрдилар ва ишлаб чиқариш аудитини ўтказдилар. Аудит якуни бўйича компанияга мувофиқлик сертификати ва маҳсулотларни мувофиқлик белгиси СE билан ёрлиқлаш ҳуқуқи берилди.

Шуни таъкидлаш керакки, INTEGRA96 сертификатлаштириш органи IAF (Халқаро аккредитация форуми) ва ILAC (Халқаро лабораторияларни аккредитациялаш ҳамкорлиги) халқаро ташкилотларининг тўлиқ аъзоси бўлган Туркиянинг аккредитация бўйича TÜRKAK органи томонидан аккредитация қилинган. INTEGRA96 Европа Иттифоқи томонидан газсимон ёқилғида ишлайдиган маҳсулотларнинг мувофиқлигини баҳолаш ваколатига эга. INTEGRA96 сертификатлари халқаро миқёсда тан олинган.

Artel компаниялар Гуруҳи маҳсулот сифатини ва халқаро майдонда рақобатбардошлигини ошириш бўйича доимий иш олиб бормоқда. Бугунги кунда Artel бренди остидаги маҳсулотлар 20 дан ортиқ экспорт бозорларида намойиш этилган. Европа хавфсизлик талабларига мувофиқлик бошқа мамлакатларга экспорт қилиш учун янги уфқларни очади ва бу Ўзбекистон иқтисодиёти ривожига ҳам ижобий таъсир кўрсатади.

"image": {
"id": 10009,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/cover.2024-07-26.06-00-46.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 58,
"title": "Konditsionerni yoz mavsumga tayyorlash bo‘yicha maslahatlar",
"types": [

"id": 3,
"title": "Layfxaklar",
"color": "#8F79D4",
"background_color": "#E7D9FF"

"publish_date": "2025-08-27",
"introduction_text": "Как подготовить кондиционер к лету, чтобы избежать неисправностей и продлить срок службы вашего кондиционера",
"content": "
1️⃣ Filtrlarni tozalang

Ichki blokdagi filtrlarni iliq suv bilan yuvib, to‘liq quriting. Toza filtrlar xonadagi havoning sifatini yaxshilaydi va konditsionerning samaradorligini oshiradi.

2️⃣ Tashqi blokni tekshiring

Tashqi blok atrofida chang, barglar yoki boshqa chiqindilar yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Havoning to‘g‘ri aylanishi uskuna haddan tashqari qizib ketishining oldini oladi.

3️⃣ Drenaj tizimini tekshiring

Drenaj tizimi to‘g‘ri ishlayotganini va suv erkin oqib ketayotganini tekshiring. To‘silgan drenaj suv sizib chiqishiga va sovutish samaradorligining pasayishiga olib kelishi mumkin.

4️⃣ To‘g‘ri rejimni tanlang

Optimal sovutish harorati — 22–26°C. Konditsioner modeliga qarab pultda mos rejimni tanlang (* yoki “cool” tugmasi). Bu xona ichida qulaylik yaratib, elektr energiyasini tejashga yordam beradi.

Havo tezligini esa (\"Ventilator\" yoki \"Fan speed\" tugmasini bosib) eng yukoriga o'rnatish lozim.

5️⃣ Konditsionerning ishlashini kuzating

Agar begona shovqin, kuchsiz havo oqimi yoki noxush hidni sezsangiz — mutaxassisga murojaat qiling.

Displeyda harf va sonlar o‘chib yonsa, bizning servis markazimizga murojaat qiling:

+99878 148-88-88

"image": {
"id": 19144,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/web_site_1.2025-08-27.20-47-54.webp"

"mobile_image": {
"id": 19145,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/web_site_1.2025-08-27.20-48-06.webp"

"language": "uz"

"id": 17,
"title": "Artel “Texnika va ishlab chiqarish” toifasida “Yil brendi” maqomini qo‘lga kiritdi",
"types": [],
"publish_date": "2024-05-22",
"introduction_text": "Markaziy Osiyoda maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi yetakchi Artel kompaniyasi bozordagi yetakchiligini yana bir bor tasdiqladi. “MAKON Marketing Forum” VI Xalqaro biznes forumida iste'molchilar va ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra Artel ikkita “Yil brendi – 2023” mukofotiga sazovor bo‘ldi.",
"content": "
18-19-may kunlari bo‘lib o‘tgan VI yillik “Yil brendi – 2023” mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimida Artel “Texnika va ishlab chiqarish” nominasiyasida nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi. 25 nominasiya bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda 300 ga yaqin brend ishtirok etganini hisobga olganda, bu yutuq ayniqsa ahamiyatlidir.

Artel kompaniyasi “MAKON Marketing Forum” tashkilotchilariga, shuningdek, o‘z foydalanuvchilari va ekspertlarga bildirgan ishonchi va yuksak bahosi uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi. \"Bizning sa'y-harakatlarimiz va sifatga bo‘lgan intilishimiz iste'molchilar va mutaxassislarning bunday keng doirasi bilan e'tiborida ekanligidan faxrlanamiz\", deb ta'kidladi kompaniya vakillari.

Bu muvaffaqiyatga butun Artel jamoasining tinimsiz mehnati va innovasiyalarga intilishi tufayli erishildi. Kompaniya sohada yuqori standartlarni o‘rnatishda davom etmoqda va o‘z mijozlarini ishonchli va zamonaviy texnikalar bilan xursand qilmoqda.

"image": {
"id": 9136,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/1260x620.2024-07-06.06-41-36.png"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 57,
"title": "Holding tarixidagi birinchi korporativ kviz",
"types": [],
"publish_date": "2025-07-17",
"introduction_text": "15-iyul kuni Holding kompaniyalari o‘rtasida ilk bor korporativ kviz tashkil etildi.",
"content": "
15-iyul kuni Holding kompaniyalari o‘rtasida ilk bor korporativ kviz tashkil etildi.

Mazkur tadbirda ARTEL, AKFA, TEXNOPARK va WAY II kompaniyalaridan jami 18 ta jamoa ishtirok etdi. Intellektual bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi, tezkor fikrlash, jamoaviy hamkorlik va muvofiqlikni amalda namoyon etishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, intellektual salohiyatni rivojlantirish va turli kompaniyalar vakillari o‘rtasida ijobiy aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Kviz savollari qiziqarli, topqirlikni talab qiladigan va jamoani birlashtiruvchi ruhda tayyorlangan bo‘lib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va iliq xotiralar ulashdi.

"image": {
"id": 18971,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/dsc07272.2025-07-17.05-45-50.jpg"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 48,
"title": "Sovitkichdan foydalanish uchun 5 layfhak!",
"types": [

"id": 3,
"title": "Layfxaklar",
"color": "#8F79D4",
"background_color": "#E7D9FF"

"publish_date": "2025-02-15",
"introduction_text": "Ular mahsulotlaringizni yangi saqlashga va texnikangizning xizmat muddatini uzaytirishga yordam beradi.",
"content": "
1) Konteynerlar – sizning eng yaxshi yordamchingiz;

2) Issiq taomlarni qoldirmang;

3) Sovitkichni haddan tashqari to‘ldirmang;

3) To‘g‘ri haroratni tanlang (+3…+5°C sovitkich kamerasi uchun, -18°C esa muzlatkich uchun);

5) Yoqimsiz hidlardan xalos bo'ling. Sovitkich ichiga ochiq holda soda, ko‘mir yoki kesilgan limon qo‘ying – ular hidlarni yaxshi bartaraf etadi.

"image": {
"id": 17308,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/webp-banner-fridge_1.2025-02-22.10-35-11.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 8,
"title": "Artel innovatsion o‘quv markazi Certiport imtihonlarini o‘tkazish uchun litsenziyaga ega boʻldi",
"types": [],
"publish_date": "2022-03-31",
"introduction_text": "Artel innovatsion oʻquv markazi Certiport kompaniyasining imtihonlarini o‘tkazish boʻyicha vakolatli test markazi maqomini oldi.",
"content": "
Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabalar IT sertifikatlash sohasida jahon yetakchilari — Pearson Assessments, Microsoft, Adobe, Unity, IT specialist, App development with Swift, IC3 Digital Literacy Certification, Communication Skills for Business, Project Management Institute, CISCO, ESB hamda Autodesk kompaniyalaridan sertifikat olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Certiport tomonidan berilgan litsenziyaga ko‘ra, Artel Innovatsion o‘quv markazi yuqorida tilga olingan kompaniyalarining o‘quv materiallari, vaucherlari, shuningdek veb xizmatlariga kirish kodlarini oʻz ichiga olgan barcha mahsulotlarning yetkazib beruvchisiga aylandi. Bu sertifikat olishni xohlovchilar Artel innovatsion o‘quv markazida xalqaro dastur bo‘yicha tahsil olib, so‘ng imtihon topshirishlarini anglatadi.

Ma’lumot uchun: Certiport kompaniyasi PERSON VUE kompaniyasining biznes boʻlimi boʻlib, u 1997 yilda Amerikada tashkil etilgan va hozirgi kunda sertifikatlash xizmatlari: imtihonlarni boshqarish va sertifikat taqdim etish bo'yicha yetakchilardan hisoblanadi. Certiport har yili 148 ta davlatda, shu jumladan O‘zbekistonda o‘rta, oliy ta’lim, mehnat resurslari va korporativ texnologiyalar bozorlarida millionlab imtihonlarni o‘tkazadi.

Ta’kidlash joizki, Artel ko‘plab xalqaro kompaniyalar singari ilg‘or texnologiyalar yordamida o‘z xodimlariga zamonaviy, yuqori sifatli bilim berishga doimiy ravishda e’tibor qaratib, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari faol harakat qilmoqda. Certiport va Artel innovatsion o‘quv markazi o‘rtasidagi hamkorlik esa nafaqat kompaniyada, balki butun O‘zbekistonda malakali kadrlar tayyorlashning yuqori darajasini ta’minlashga xizmat qiladi.

"image": {
"id": 9676,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/cover-new.2024-07-18.07-49-07.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 11,
"title": "Akfa Group: 2022-yil yakunlari, 2023-yil rejalari va 2030-yilgacha rivojlanish istiqbollari",
"types": [

"id": 5,
"title": "Maqolalar",
"color": "#0B5345",
"background_color": ""

"publish_date": "2023-04-04",
"introduction_text": "Akfa Group — qurilish materiallari, maishiy texnika va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, mehmonxona, ta'lim va sog'liqni saqlash xizmatlari ko'rsatishga ixtisoslashgan korxonalarni jamlovchi sanoat guruhi hisoblanadi.",
"content": "
Akfa Group:Ishlab chiqarish: \"Akfa\", \"Artel\", \"Akfa Lighting\" \"Flowers Garden\", \"OCARD\" kompaniyalari;Savdo va xizmat ko'rsatish: \"Mediapark\", \"KFC Uzbekistan\", \"Akfa Medline\", \"Hilton Tashkent\";Ta'lim xizmatlari ko'rsatish: \"Invento\", \"Artel Technical School\" \"Akfa University\".

O'tgan 2022-yilda yuzaga kelgan geosiyosiy voqealik, logistika aloqalarining buzilishi, transport xarajatlarining keskin oshishi, doimiy hamkorlarda kuzatilgan xom-ashyo va energiya yetishmovchiliklari Akfa Group oldiga murakkab qarorlar qabul qilish, uzluksiz ishlashni talab qildi va muammolar bartaraf etildi.

2022-yil:

Iqtisodiy o'sish o'tkan yilga nisbatan 22 foizni tashkil etdi.

Jami ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish hajmi 14 460 mlrd so'mni tashkil etdi.

Eksport 210 mln AQSh dollari (35% dan ko'proq o'sish).

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda o'rni

Akfa Group qo'shilgan qiymat yuqori bo'lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, eksportga yo'naltirilgan va import o'rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda respublikadagi lider kompaniyalardan hisoblanadi.

Akfa Group o'z ichida injiniring va R&D (Research and development) markazlari hisoblangan \"Artel R&D\" va \"Akfa R&D\" larni tashkil etgan va samarali boshqarayotgan respublika kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

2022-yilda Akfa Group R&D markazlarida:

Tojikistonda (Dushanbe) sovitkich va konditsioner ishlab chiqarish loyihalari tayyorlandi;

Turkiya va Italiya davlatlarida R&D markazlarini tashkillashtirish loyihasi;

Yarimavtomat kir yuvish mashinasining yangi modeli (7.5 kg);

Toshkent viloyati, Qibray tumanida energiya samarador \"gazoblok\" ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi;

Balkon eshiklari ishlab chiqarish loyihasi;

Oynalarda quyoshdan himoya sistemalari:

Eksport

2022-yilda Akfa Group eksport hajmi 210 mln AQSh dollarini tashkil etib, rekord natijaga erishildi.

Eksport geografiyasi 35 davlatni qamrab olib, mintaqaviy bozorlar (Qozog'iston, Rossiya, Tojikiston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Gruziya va Ukraina) bilan birga Yevropa Ittifoqi (Germaniya, Italiya, Polsha, Niderlandiya) hamda yangi bozor bo'lgan Kanada va AQSh davlatlarini o'z ichiga oldi.

MDH davlatlari – 186 000 000 AQSh dollari;

Ukraina – 4 650 000 AQSh dollari;

Yevropa Ittifoqi – 13 800 000 AQSh dollari;

Kanada va AQSh – 891 000 AQSh dollari.

Jami eksport ulushida Akfa brendi mahsulotlari 50 mln AQSh dollari va Artel brendi mahsulotlari 155 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

Ijtimoiy hamkorlik va xayriya

Akfa Group 2022-yilda atrof-muhitni muhofaza qilish, xodimlar va iste'molchilarni qo'llab-quvvatlash, jamoatchilik tashabbuslarida ishtirok etishni davom ettirdi.

Kompaniyada ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG – Environmental, Social, and Corporate Governance) joriy etilgan.

Atrof-muhitni muhofaza qilish:

Akfa Group tabiatni asrash, bio xilma-xillikni saqlab qolish, jonivorlarga g'amxo'rlik qilish bo'yicha davlat va jamoatchilik tashabbuslarida keng ishtirok etib kelmoqda.

Yashil maydonlar va yo'laklar tashkil etish, manzarali daraxtlar va butalar ekish ishlariga 2022-yilda 15 mlrd so'm xomiylik mablag'lari sarflandi.

Toshkent viloyatida \"Mehr by Akfa\" qarovsiz uy hayvonlarini saqlash markazi tashkil etilib, faoliyati moliyaviy qo'llab-quvvatlanib kelinmoqda.

Guruhning ustuvor maqsad va yo'nalishlaridan biri energiya samaradorligi, energiya tejash va energiya tejaydigan mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Akfa Group energiya sarfini kamaytiruvchi va muqobil energiyadan foydalanishga imkon beruvchi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Ushbu yo'nalishda quyidagilar amalga oshirildi:

2008-yil — ko'p kamerali Akfa Plast profillarini ishlab chiqarish;

2010-yil — energiya tejamkor lyuminesent lampalar;

2013-yil — energiya tajamkor Thermo alyumin Profil seriyasini ishlab chiqarishni o'zlashtirish;

2014-yil — energiya tejamkor LED lampalar;

2014-yil — maishiy texnika mahsulotlarida energiya samaradorlikning A darajasini ta'minlash;

2016-yil — quyosh energiyasidan suv isituvchi kollektorlar ishlab chiqarish;

2023-yil energosamarador va energotejamkor mahsulotlar ishlab chiqarish.

Xayriya

Akfa Group 2022-yilda amalga oshirgan xayriya tadbirlari:

- \"Sen Yashaysan\" loyihasi doirasida yurak yetishmovchiligi (порог сердце) tashxisi bo'lgan butun respublikadan kelgan 300 dan ortiq bolalar operatsiya qilindi va davolash kursini o'tadi.

- Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo'llab-quvvatlash uchun birlamchi zarur oziq-ovqat paketlari tashkil etilib, aholiga tarqatildi;

- Kam ta'minlangan, uy-joy sharoitlari yaroqsiz bo'lgan fuqarolarga uy sotib olishga yordam berish;

- O'zbekiston bayrog'i ostida maydonga chiqib, sportda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni qo'llab-quvvatlash.

Shuningdek, kompaniyada xodimlarning xayriya tashabbuslari ham keng qo'llab-quvvatlanadi. Jumladan, kompaniya xodimlari xayriya marafonlari, qon donori bo'lish, hasharlar va boshqa tadbirlarda qatnashib kelmoqda.

2022-yilda xayriya tadbirlariga 30 mlrd so'mdan ortiq mablag' sarflangan.

Yutuqlar asosi xodimlar

Akfa Group 30 mingdan ortiq xodimlarga ega!

Aynan ular kompaniyaning bugungi va ertangi kuniga ishonchi hisoblanadi.

Kompaniya xodimlari respublikaning 12 viloyatida mehnat qiladi.

Xodimlarga motivatsiya berish, mehnat xavfsizligi, sog'liqni saqlash, qayta o'qitish hamda mehnatini to'g'ri baholash tizimlari joriy etilgan.

Yirik soliq to'lovchi

Akfa Group korxonalari tomonidan 2022-yilda davlat byudjetiga 2 trln so'mdan ortiq soliq to'lovlari to'langan.

Shundan:

- Akfa (830 mlrd so'm);

- Artel (780 mlrd so'm).

Shulardan:

- Bojxona to'lovlari (1 050 mlrd so'm);

- Qo'shilgan qiymat solig'i (500 mlrd so'm);

- Foyda solig'i va boshqa soliqlar (500 mlrd so'm).

2023-yil rejalari

- Eksport hajmini 320 mln AQSh dollariga yetkazish (o'rtacha 50% o'sish);

- AKFA va ARTEL brendlarini xalqaro maydonda obro'sini oshirish va tanib olish imkoniyatini oshirish;

- mahsulot eksportida eksport bozorlari geografiyasini kengaytirish, istiqbolli bo'lgan Yevropa Ittifoqi, Kanada, AQSh davlatlari bozorlariga kengroq kirib borish;

- sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 20 foiz o'sishni ta'minlash;

- qurilish materiallari, maishiy texnika mahsulotlari etkazib berishda mintaqa davlatlaridagi liderlik pozitsiyalarini saqlab qolish va kengaytirish;

- yangi biznes yo'nalishlarini tashkil etishga investitsiyalar kiritish;

- brendlar portfelini yaratish;

- ishlab chiqarishni va boshqaruv jarayonlarini to'liq raqamlashtirish va avtomatlashtirish.

2030-yilgacha rivojlanish istiqbollari

- Kompaniyaning dunyoning top 500 kompaniyalari ro'yxatiga kirishini ta'minlash;

- Tovar aylanmasini yiliga 100 trln so'mga yetkazish;

Yillik eksport hajmini 1 mlrd AQSh dollariga yetkazish;

"image": {
"id": 9684,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/cover-1720.2024-07-18.10-02-26.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 52,
"title": "Barqarorlik, innovatsiya va yuqori samaradorlik – yangi avlod sovutish yechimlari",
"types": [

"id": 5,
"title": "Maqolalar",
"color": "#0B5345",
"background_color": ""

"publish_date": "2025-03-10",
"introduction_text": "Zamonaviy chakana savdo, umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat sanoati uchun ishonchli sovitish tizimlari samaradorlik va mahsulot sifati nuqtayi nazaridan muhim hisoblanadi. Artel tijorat sovitkichlari ushbu sohalarda ishonchli hamkor sifatida o‘zini namoyon qilib, yuqori sifat, innovatsion texnologiyalar va uzoq muddatli xizmat ko‘rsatish kafolatini taqdim etmoqda.",
"content": "
Tijorat sovitkichlariga global talab va O‘zbekistondagi holat

Fortune Business Insights kompaniyasining hisobotiga ko‘ra, 2021-yilda global tijorat sovitkichlari bozori hajmi 36,63 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Ushbu bozor 2022-yildan 2029-yilgacha yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati (CAGR) 5,7% bo‘lishi kutilmoqda va 2029-yilga kelib 53,16 milliard AQSh dollariga yetishi taxmin qilinmoqda. O‘zbekistonda esa oziq-ovqat va ichimliklar sanoati rivojlanishi bilan birga sifatli va energiya tejamkor sovitish tizimlariga ehtiyoj ortib bormoqda. Texnopark ushbu talabni qondirish maqsadida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda.

Artel va Shivaki: sifat va ishonchlilik ramzi

Bugungi kunda Artel va Shivaki savdo muzlatkichlari va sovitkichlariga bo‘lgan talab muttasil oshib bormoqda. Yiliga 100 000 donadan ortiq mahsulot ishlab chiqarish quvvati bilan bu brendlar Markaziy Osiyo bozorida yetakchi o‘rinni egallagan. Eng muhimi, bu sovitish tizimlari Yaqin Sharq, Yevropa va Kavkaz mintaqasiga ham muvaffaqiyatli eksport qilinmoqda.

O‘zbekistonning global bozorga dadil chiqayotgan yirik ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida Artel so‘nggi 4 yil ichida 100 000 ga yaqin muzlatkich va sovitkichlarni 20 dan ortiq mamlakatga eksport qildi. Bu kompaniyaning xalqaro miqyosdagi ishonchliligini va o‘zbek mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortib borayotganini yaqqol isbotlaydi.

Artel muzlatkichlari va tijorat sovitkichlari hozirda Qozog‘iston, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Livan, Bosniya va Gersegovina, Gruziya, Moldova Isroil, Turkmaniston va boshqa davlatlarga yetkazib berilmoqda. Gap isboti sifatida, 2025-yilning fevral oyida Qozog‘istonning Sergek Group tarkibiga kiruvchi “Balqymyz” kompaniyasi o‘z mahsulotlarini saqlash sifatini oshirish maqsadida Artel kompaniyasidan HS390 SN modelidagi tijorat sovitkichlarini xarid qildi va bundan keyin ham birgalikda ishlash masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Texnologiya va innovatsiya – kelajakka qadam

Artel kompaniyasi global tajribaga tayangan holda o‘z mahsulotlarini takomillashtirib boradi. Aynan shu sababdan, Klimasan kompaniyasi bilan hamkorlikda 3 ta yangi model – S 225 SLIM, COOL 600 va COOL 700 – ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu hamkorlik natijasida mijozlar yanada ishonchli, energiya tejamkor va zamonaviy sovitkichlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Kelgusida Klimasan bilan hamkorlikni yanada kengaytirish rejalari mavjud.

Ichki bozorda kuchayib borayotgan talab

O‘zbekistonda muzlatkich va sovitkichlarga bo‘lgan talab muttasil o‘sib bormoqda. So‘nggi 4 yil ichida mahalliy bozorda taxminan 400 000 dan ortiq muzlatkich va tijorat sovitkichlari sotildi. Bu esa Artel mahsulotlariga bo‘lgan ishonch va brendning ommalashib borayotganidan dalolat beradi. Artel muzlatkichlari yuqori sifat, ishonchlilik va ilg‘or texnologiyalar uyg‘unligi bilan yirik korxonalar uchun birinchi tanlovga aylangan.

Artel mahsulotlarini tanlagan yirik kompaniyalar qatoriga “Balton Trading” (Korzinka), “Imkon Plus”, “Promeat”, “Bahroma”, “Ocard”, “Coca-Cola”, “Sochnaya dolina”, “Bliss”, “Chortoq”, “Montella”, “Chernogolovka”, “Ermak”, “BioLife”, “Legend”, “Evita”, “Polvon”, “Dairy Classic”, “Ice and Gold”, “Mondo”, “Musa”, “Anjan Ice Cream”, “Royal Muz Servis”, “Zenit Ice Cream”, “Langer Ice Cream” va boshqa ko‘plab mahalliy brendlar kiradi.

Raqobatbardoshlikning asosiy omillari:

Kafolatlangan sifat

Yuqori energiya samaradorligi

Mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv

Barcha assortiment uchun 3 yil davomida bepul servis xizmati

Doimiy assortiment:

14 xil muzlatkich modeli – 250 litrdan 1150 litrgacha hajm

15 xil vitrinali sovutkich modeli – 560 litrdan 3500 litrgacha hajm

ARTEL va SHIVAKI sovitkichlarining ustunliklari

Tijorat sovitkichlar:

Har bir Artel sovitkichi elektr xavfsizligi bo‘yicha qat’iy sinovdan o‘tadi va xalqaro ISO9001, IEC, RoHS va EAC sertifikatlariga ega. Bu bizning mahsulotlarimizning yuqori sifat va xavfsizlik standartlariga javob berishini kafolatlaydi.

Innovatsion texnologiyalar – Ishlab chiqarish jarayonida Italiyaning Galileo freon qo‘shish apparati, Canon va King Power penopoliuretan dastgohlari qo‘llaniladi.

Yuqori energiya samaradorligi – Artel tijorat sovitkichlari standart materiallarga nisbatan 20% yaxshiroq issiqlik izolyatsiyasini ta’minlaydigan ultra-mikroporoz izolyatsiyadan foydalanadi, bu esa energiya sarfini kamaytiradi.

LED yoritish tizimi – Energiya tejamkor LED yoritgichi yorqin yorug‘likni ta’minlaydi va mahsulotlarni yaxshi ko‘rinishda ushlab turadi.

Tashqi muhitga moslashuvchanlik – Bizning sovitkichlarimiz jahon yetakchilarining yuqori unumdorlikdagi kompressorlari bilan jihozlangan bo‘lib, ular hatto o‘ta past haroratlarda ham barqaror va samarali ishlashni ta’minlaydi.

“No Frost” texnologiyasi – Muz hosil bo‘lishining oldini oladi hamda tez va bir tekis sovitishni kafolatlaydi.

Moslashuvchan narx siyosati – Artel tijorat sovitkichlari bozorda raqobatbardosh narxlarga ega bo‘lib, har bir biznes uchun qulay yechimni taklif qiladi.

Uzoq muddatli bepul servis xizmati – 36 oylik bepul servis kafolati bilan mijozlarga xizmat ko‘rsatamiz.

Muzlatkichlar:

Super Freeze – 90 daqiqada tez muzlatish - Maxsus tez muzlatish funksiyasi mahsulotlarni atigi 90 daqiqada muzlatib, ularning ozuqaviy qiymati va ta’mini saqlashga yordam beradi.

Harorat diapazoni: +5°C dan -24°C gacha diapazonda boshqarish imkoniyati har qanday turdagi mahsulotlar uchun optimal sharoit yaratadi.

A+ energiya samaradorligi sinfi – 30% gacha elektr tejash

To‘rt tomonlama muzlatish texnologiyasi - Mahsulotlar har bir burchakda bir xil haroratda saqlanadi, bu esa ularning uzoq muddat yangi va sifatliligini ta’minlaydi.

Quvvatli va bardoshli kompressor yordamida muzlatkich -24°C gacha tez va barqaror sovutadi.

Elektr ta’minoti uzilib qolgan taqdirda ham, ultra-mikroporoz izolyatsiya mahsulotlaringizni 24 soat davomida kerakli haroratda saqlaydi.

Harakatlantirishni osonlashtiruvchi g‘ildirakli tizim tufayli qulay joylashtirish imkoniyati mavjud.

Atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan R600a va R290 tabiiy sovutgich gazlari ishlatilgan bo‘lib, ekologik xavfsizlik va energiya samaradorligini ta’minlaydi.

Qo‘shimcha qulayliklar – ish indikatorlari, drenaj trubkasi, seyf qulfi. Kengaytirilgan funksiyalar orqali foydalanish qulayligi oshirilgan

Artel o‘zining yuqori sifatli va zamonaviy sovutish texnologiyalari bilan O‘zbekiston va xalqaro bozorda yetakchi o‘rin egallashda davom etmoqda. Bu esa brendning barqaror rivojlanishi va kelajakda yanada kengroq bozorga chiqishiga zamin yaratadi.

"image": {
"id": 17569,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/artel_vitrinnie_morozilki_4.2025-03-11.06-24-57.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 30,
"title": "Yangi - Grand Appetito oshxona plitasi!",
"types": [

"id": 1,
"title": "Yangiliklar",
"color": "#003112",
"background_color": "#D0F7C6"

"publish_date": "2024-09-16",
"introduction_text": "Model haqida ko'proq bilmoqchimisiz? Maqolani o'qing.",
"content": "
MULTI plita sizning oshxonada qulaylik yaratish uchun mo‘ljallangan. 3 ta kuchli gorelka va 2 alangali Vok gorelkasi har qanday taomni mukammal tayyorlashni taʼminlaydi.

Wok gorelkasi pishirish jarayonini 23% ga tezlashtiradi, olovni butun isitish yuzasiga teng ravishda taqsimlaydi.

Artel oshxona plitasining 5 bosqichli MultiFlame gaz taʼminoti tizimi, taom tayyorlashni osonlashtiradi. Har bir bosqich olov qizg‘inligini sozlaydi va uni doimiy ravishda sozlash zaruratidan qutqaradi.

Bardoshli cho‘yan panjaralar 77 kg gacha bo‘lgan yukga bardosh bera oladi va pishirish vaqtida idishning barqarorligini taʼminlaydi.

“Gaz control” texnologiyasi olov o‘chganida gaz taʼminotini avtomatik ravishda o‘chirib, xavfsizligingizni kafolatlaydi.

3ta 3D konveksiya rejimi issiqlikning bir xil taqsimlanishini, shuningdek, oziq-ovqatning tez va samarali pishirilishini taʼminlaydi.

Pechning hajmi 65 litrni tashkil etadi, bu sizga butun oila uchun ovqat tayyorlash imkonini beradi.

Bundan tashqari, to‘plam ichida katta qismlarni tayyorlash uchun ideal bo‘lgan chuqur tunuka ham mavjud.

Maxsus ekokeramika qoplamasi pechni yog‘dan tozalashni osonlashtiradi, pech ichidagi yorqin LED yoritgich esa eshikni ochmasdan turib pishirish jarayonini kuzatish imkonini beradi.

Ovozli signal taom tayyor bo‘lganda sizni xabardor qiladi va vaqtingizni boshqa narsalarga bo‘shatadi.

Grand Edition gaz plitalarining progressiv dizayni oshxonangizga zamonaviy qo‘shimcha bo‘ladi.

"image": {
"id": 12545,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/apetito04e-news.2024-09-20.11-02-07.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"