HTTP 200 OK
Allow: GET, POST, HEAD, OPTIONS
Content-Type: application/json
Vary: Accept

"count": 59,
"next": null,
"previous": "https://api.artelelectronics.com/api/v1/news/?format=api&ordering=-publish_date&page=5",
"results": [

"id": 5,
"title": "Artel kompaniyalar guruhi Yevropa bozoriga katta qadam tashladi",
"types": [],
"publish_date": "2023-11-17",
"introduction_text": "Ўрта Осиёдаги энг йирик маиший техника ва электроника ишлаб чиқарувчиси — Artel компаниялар Гуруҳи ошхона плиталарининг хавфсизлиги Европа регламентларига мос келишини тасдиқланди.",
"content": "
2023 йил 17 ноябр куни Artel ошхона плиталари ишлаб чиқариш корхонаси Туркиянинг етакчи сертификатлаштириш органларидан бири томонидан СE (Conformitée Européenne) мувофиқлик сертификати билан тақдирланди.

Маҳаллий ишлаб чиқарувчининг ошхона плиталари 2016/426 «Газсимон ёқилғида ишлайдиган ускуналар ва жиҳозлар» 2016/426 GAR, 2014/35/EU Электр хавфсизлик бўйича Европа директивалари, 2014/30/EU электромагнит мослашувига мувофиқлик синовидан ўтказилди ва маҳсулотларни мувофиқлик белгиси СE билан ёрлиқлаш ҳуқуқига эга бўлди.

Ишлаб чиқарилган маҳсулотларнинг сифати ва хавфсизлиги тан олинишига эришиш учун компания мутахассислари кўп ишларни амалга оширдилар. Ошхона плиталари намуналари EN 30-1-1 ва EN 30-2-1 Европа стандартлари талабларига мувофиқлигини текшириш учун Туркиядаги INTEGRA96 лабораториясига юборилди. Маҳсулот синовлари муваффақиятли якунланганидан сўнг сертификатлаштириш органи вакиллари ошхона плиталари ишлаб чиқариш корхонасига ташриф буюрдилар ва ишлаб чиқариш аудитини ўтказдилар. Аудит якуни бўйича компанияга мувофиқлик сертификати ва маҳсулотларни мувофиқлик белгиси СE билан ёрлиқлаш ҳуқуқи берилди.

Шуни таъкидлаш керакки, INTEGRA96 сертификатлаштириш органи IAF (Халқаро аккредитация форуми) ва ILAC (Халқаро лабораторияларни аккредитациялаш ҳамкорлиги) халқаро ташкилотларининг тўлиқ аъзоси бўлган Туркиянинг аккредитация бўйича TÜRKAK органи томонидан аккредитация қилинган. INTEGRA96 Европа Иттифоқи томонидан газсимон ёқилғида ишлайдиган маҳсулотларнинг мувофиқлигини баҳолаш ваколатига эга. INTEGRA96 сертификатлари халқаро миқёсда тан олинган.

Artel компаниялар Гуруҳи маҳсулот сифатини ва халқаро майдонда рақобатбардошлигини ошириш бўйича доимий иш олиб бормоқда. Бугунги кунда Artel бренди остидаги маҳсулотлар 20 дан ортиқ экспорт бозорларида намойиш этилган. Европа хавфсизлик талабларига мувофиқлик бошқа мамлакатларга экспорт қилиш учун янги уфқларни очади ва бу Ўзбекистон иқтисодиёти ривожига ҳам ижобий таъсир кўрсатади.

"image": {
"id": 10009,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/cover.2024-07-26.06-00-46.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 9,
"title": "Oshxona plitalari ishlab chiqarish zavodi Artel CE muvofiqlik sertifikatini oldi",
"types": [],
"publish_date": "2023-11-17",
"introduction_text": "Artel oshxona plitalari 2016/426 Yevropa reglamentiga muvofiqlik sinovidan o‘tkazildi va Turkiyaning yetakchi sertifikatlashtirish organi tomonidan CE (Conformitée Européenne) muvofiqlik sertifikati bilan taqdirlandi.",
"content": "
Oshxona plitalari namunalari EN 30-1-1 va EN 30-2-1 Yevropa standartlari talablariga muvofiqligini sinovdan o’tkazish uchun Turkiyadagi INTEGRA96 laboratoriyasiga yuborildi. Mahsulot sinovdan muvaffaqiyatli o’tgandan so'ng sertifikatlashtirish organi vakillari oshxona plitalari ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurdilar va ishlab chiqarish auditini o'tkazdilar, uning yakuni bo'yicha Artel kompaniyalar Guruhiga muvofiqlik sertifikati va mahsulotlarni CE muvofiqlik belgisi bilan yorliqlash huquqi berildi.

Ma'lumot uchun: INTEGRA96 sertifikatlashtirish organi Turkiyaning TÜRKAK akkreditatsiya organi tomonidan akkreditatsiya qilingan va Yevropa Ittifoqi tomonidan gazsimon yoqilg'ida ishlaydigan mahsulotlarning muvofiqligini baholash vakolatiga ega. INTEGRA96 sertifikatlari xalqaro miqyosda tan olingan.

"image": {
"id": 9715,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/certificate-cover.2024-07-20.04-05-03.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 7,
"title": "Artel kompaniyasi ofitsiant Archi robotini yaratganini e'lon qildi.",
"types": [],
"publish_date": "2023-11-15",
"introduction_text": "Robot Artel IT texnologiyalarini joriy etish bo‘limi tomonidan yaratilgan.",
"content": "
Tanishing, bu — Archi — xizmat ko‘rsatish robot ofitsianti!

U Artel kompaniyasining IT-texnologiyalarini joriy etish departamenti tomonidan yaratildi.

Tez orada uni yurtimizdagi ovqatlanish maskanlarida uchratib qolsangiz, hayratlanmang. Chunki u aynan kafe va restoranlarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.

"image": {
"id": 9713,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/cover.2024-07-19.12-57-15.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 23,
"title": "Artel “Tojikistonning sevimli markasi” loyihasida g‘olib bo‘ldi",
"types": [

"id": 5,
"title": "Maqolalar",
"color": "#0B5345",
"background_color": ""

"publish_date": "2023-11-09",
"introduction_text": "Artel “Tojikistonning sevimli markasi” loyihasining “Ishonchga munosib” nominatsiyasida eng yaxshi brend deb topildi.",
"content": "
“Tojikistonning sevimli markasi” har yili oʻtkaziladigan yirik marketing loyihasi boʻlib, unda tovar va xizmatlar sohasida yetakchi kompaniyalar bilan bir qatorda yosh brendlar ham ishtirok etadi. Tojikiston aholisi mazkur loyihaning eksperti sifatida qatnashadi va ovoz berish yo‘li orqali turli nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi brendni tanlaydi.

Ushbu tanlovda qozonilgan g'alaba biz uchun katta sharaf hamda rivojlanish va mijozlar ishonchini qozonishda davom etish uchun ajoyib motivatsiyadir.

"image": {
"id": 9712,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/cover-favbrand.2024-07-19.12-53-58.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 15,
"title": "Tez va mazali: ishtahani ochuvchi tansiq taomlar tayyorlash uchun Artel mulьtiplitasini tanlashning 5 sababi",
"types": [

"id": 2,
"title": "Mahsulot haqida",
"color": "#F78316",
"background_color": "#FFEEB2"

"publish_date": "2023-10-11",
"introduction_text": "Artel turli xil taomlarni tez va mazali tayyorlashni ta'minlovchi, pishirish yuzasi gazda, duxovkasi esa elektr energiyasi yordamida ishlovchi kombinatsiyalashtirilgan oshxona plitalarini taklif qilmoqda.",
"content": "
Oshxona plitasini tanlashda xaridorlarni o‘ylantiradigan asosiy savollardan biri plitaning turi bilan bog‘liq: elektr energiyasida ishlaydigan plitani tanlash to‘g‘riroqmi yoki gazda ishlaydigan? Aksariyat uy bekalari taomlarni tayyorlashda gaz plitalaridan foydalanishni afzal ko‘rishadi, chunki jarayonni vizual jihatdan nazorat qilish mumkin, pishiriqlar uchun esa elektr duxovkalarini tanlashadi.

Ushbu jihatlarni inobatga olgan holda, Artel har ikki turdagi isitish manbasining barcha afzalliklarini o‘zida mujassam qilgan — pishirish yuzasi gazda, duxovkasi esa elektr energiyasi yordamida ishlovchi kombinatsiyalashtirilgan mukammal oshxona plitalarini taklif qilmoqda. Quyida kompaniya vakillari Artel Grand Appetito 04-E mulьtiplitasi misolida nega aynan ushbu modelni tanlash kerakligi haqida so‘zlab berishdi.

1.Uchta 3D konvektsiya rejimi

Zamonaviy duxovkalarda ko‘plab funktsiyalar mavjud bo‘lib, ular orasida eng keraklilaridan biri “Konvektsiya” rejimidir. Klassik konvektsiya duxovka ichidagi havoni faol tarzda aylantirish uchun mo‘ljallangan.

Artel multiplitalarida esa uchta 3D konvektsiya rejimi mavjud bo‘lib, ular yuqori va pastki isitishdan tashqari, halqali trubkali elektr isitkichini (TEI) ham ishga soladi. Bu esa bir vaqtning o‘zida bir nechta taomni tezroq va samaraliroq pishirish imkonini beradi. Bunda siz bir pishirish varag‘ida (protivenь) go‘shtni, boshqasida esa xushbo‘y kartoshkani osongina pishirishingiz mumkin.

Ushbu jarayondagi asosiy afzallik shundaki, tayyorlanayotgan taomning usti qarsildoq, ichi esa yumshoq bo‘lib pishadi. Bu funktsiyadan foydalangan holda bayram dasturxoningiz uchun tayyorlanadigan tovuq sizni uyaltirib qo‘ymaydi — usti qizarib, ichi shirali bo‘lib pishib chiqadi.

2. WOK konforka

Yuqori quvvat va issiqlikni bir maromda taqsimlash kabi xususiyatlarni o‘zida jamlagan WOK konforka doim yumushlar bilan band uy bekalari uchun haqiqiy sehrli tayoqchadek. Axir, mazali taom tayyorlashda haroratni bir maromda saqlab turish o‘ta muhim.

Artel Grand Appetito 04-E mulьtiplitalariga o‘rnatilgan maxsus WOK konforka qozon yoki tavani uch barobar tezroq qizdirishi hisobiga pishirish jarayonini tezlashtiradi va bu orqali qimmatbaho vaqtingizni tejaydi.

Pishirish idishining pastki qismida o‘ta issiq yoki sovuq zonalar hosil bo‘lmaydi, shuning uchun masalliqlar bir maromda pishadi va kuyib qolmaydi. Qolaversa, butun ichki yuza bir xil rejimda ishlaydi, shu tufayli siz taom tayyorlash jarayonida go‘sht bo‘laklarini chekkadan markazga va yana ortga bir necha bor siljitishingizga hojat qolmaydi.

3. Haqiqiy cho‘yandan yasalgan metall panjaralar

Artel multiplitalarining yana bir muhim jihati bu haqiqiy cho‘yandan yasalgan metall panjaralardir. Cho‘yan issiqlikka chidamliligi bilan ajralib turadi, u hatto ming darajagacha bo‘lgan o‘ta yuqori haroratga bardosh bera oladi.

Haroratdan tashqari, cho‘yan panjaralar og‘ir yuk ko‘tara olish xususiyatiga ega bo‘lib, 72 kg gacha bo‘lgan og‘irlikka bardosh bera oladi. Siz Artel mulьtiplitalarida katta sig‘imdagi idishlarda sho‘rva yoki sharbatlarni bemalol tayyorlashingiz mumkin. Bunda idishlaringiz yetarlicha ishonchli va bardoshli yuzada turgani haqida aslo qayg‘urishga hojat yo‘q.

4. Pishirish varag‘i ikki karra chuqurroq

Siz bir vaqtning o‘zida ko‘p miqdordagi taomlarni nafaqat pishirish yuzasida, balki Artel mulьtiplitasining duxovkasida ham tayyorlashingiz mumkin. Axir Artel Grand Appetito 04-E modelining pishirish varag‘i (protivenь) ikki karra chuqurroq qilib ishlangan. Bu esa endi siz go‘shtli, baliqli, sabzavotli taomlarni, shuningdek turli xil pishiriqlarni ko‘p miqdorda, masalliqlarning asl ta'mini saqlab qolgan holda pishirishingiz mumkinligini anglatadi.

Shuningdek, pishirish varag‘ining old tomonida foydalanishga qulay bo‘lishi uchun tutqich ham mavjud.

5.Mukammal yorug‘lik

Uy bekalarining aksariyati, oshxona plitasini tanlashda, birinchi navbatda, ma'lum bir modeldagi mavjud funktsiyalarga e'tibor berishadi va bu mutlaqo to‘g‘ri. Biroq, duxovka haqida gap ketganda tajribali uy bekalari pishirish jarayonida yorug‘likning qanchalik muhim ekanini ham yaxshi bilishadi.

Artel mijozlarning ushbu istagini ham inobatga oldi. Grand Appetito 04-E mulьtiplitasining duxovkasi mahsulotlarni barcha darajada mukammal tarzda yoritilishini ta'minlovchi kuchaytirilgan yoritgich bilan jihozlangan. U bilan siz yorug‘likning yetarli emasligi haqida tashvishlanishingizga hojat yo‘q. Endi pishirish jarayonini aniq kuzatish imkoniga egasiz.

Shu tariqa, ko‘plab zamonaviy xususiyatlari, foydali jihatlari hamda mukammal yoritish tizimiga ega Grand Appetito 04-E multiplitasi oshxonangizdagi eng sevimli maishiy texnikangizga aylanishi hech gap emas.

"image": {
"id": 9707,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/cover.2024-07-19.12-11-56.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 13,
"title": "Artel: Inverter konditsioner sotib olish uchun 5 sabab",
"types": [

"id": 2,
"title": "Mahsulot haqida",
"color": "#F78316",
"background_color": "#FFEEB2"

"publish_date": "2023-05-13",
"introduction_text": "Artel kompaniyasi vakillari CHILLACHI inverterli konditsionerlari va past kuchlanishda ishlashga qodir yangi Baraka modeli hamda ularning maishiy foydalanishdagi afzalliklari haqida gapirib berishdi.",
"content": "
Elektr tarmog‘ining haddan tashqari yuklanishi aholi o‘rtasida, ayniqsa, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladiganlar uchun keng tarqalgan muammodir. Bu mavsumiy ravishda, masalan, qo‘shimcha qurilmalarni ulash paytida yoki kunning ma'lum vaqtlarida, ko‘pchilik uyga qaytib, texnikani ishga tushirganlarida sodir bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi tarmoqdagi kuchlanishning keskin o‘zgarishiga va maishiy texnikaning bosim bilan ishlashiga olib keladi.

Artel kompaniyasi CHILLACHI konditsionerlari va 2023 yilda ishlab chiqarilgan Baraka konditsionerining inverter kompressor texnologiyasiga ega qatori haqida gapirib, ushbu modellarni tanlashning ijobiy tomonlari bilan o‘rtoqlashdi.

1. 130V past kuchlanishda ishlash qobiliyati

Inverterli konditsioner — bu kompressor quvvatini boshqarish imkoniyatiga ega konditsioner. Oddiy qilib aytganda, bunday modellar belgilangan haroratga yetganda o‘chmasdan, past mo‘tadil quvvatga o‘tadi va haroratni doimiy darajada ushlab turadi. Oddiy konditsionerlar ma'lum haroratga yetganda o‘chishga moyil bo‘lib, shu bilan xona haroratini o‘zgartiradi.

Avtomatik sozlash tufayli inverter konditsionerlari odatdagidan kamroq elektr energiyasini iste'mol qiladi: Artelning ichki ma'lumotlariga ko‘ra, farq 41% ni tashkil qiladi. Bu elektr energiyasini tejashga va elektr tarmog‘idagi yukni kamaytirishga imkon beradi.

Artel konditsionerlari avtomatik rejimda to‘liq ishlashga qodir, bu O‘zbekistonning iqlim sharoitida juda muhimdir. Ya'ni, agar elektr tarmog‘i uzilib qayta yoqilsa, konditsioner avtomatik ravishda yoqiladi va quvvatni tiklashda oldindan belgilangan rejimni o‘zi qayta o‘rnatadi. Bundan tashqari, modellar 250V dan 130V gacha bo‘lgan tarmoqdagi kuchlanish pasayganda barqaror ishlashi mumkin.

2. Wi-Fi orqali masofaviy boshqaruv

Artel Baraka inverter modellarida ham, Artel CHILLACHI modellarida bo‘lgani kabi, Wi-Fi funktsiyasi mavjud bo‘lib, uning yordamida siz maxsus AC Smart yoki AC Freedom ilovasi orqali konditsionerni masofadan turib boshqarishingiz mumkin. Ishda yoki sayohatda bo‘lsa ham foydalanuvchi qulay sharoitda dam olish uchun uyning qulay haroratini sozlashi mumkin.

3. Turbo Cooling tizimi

Inverterli konditsioner kompressor quvvatini boshqarish yaxshilanganligi sababli xonani kerakli haroratgacha tezda sovitishga yoki isitishga qodir. Artelning 2023 yilgi yangi modellrida siz havoning kuchi va yo‘nalishini mustaqil ravishda sozlashingiz mumkin, buning natijasida xonada har qanday vaziyatda qulay sharoit bo‘ladi.

Bundan tashqari, Artel konditsionerlari Turbo Cooling tizimiga ega. Uning yordamida konditsioner xonani tezlashtirilgan rejimda sovbtishga qodir. Bu uyda uzoq vaqt bo‘lmaganingizdan so‘ng, qulay haroratni tezda sozlashingiz lozim bo‘lganda qulay. Artel konditsionerlari atrof-muhitning maksimal 52°C haroratida ishlashga qodir, ya'ni modellar O‘zbekistonning iqlim sharoitiga to‘liq moslashtirilgan.

4. Past shovqin darajasi

Artelning inverterli konditsioner modellari shovqinsiz, bir maromda ishlaydi, chunki kompressorning aylanish tezligi standart yukka ega emas, balki avtomatik ravishda o‘rnatiladi, bu ham ishlab chiqarilgan shovqin darajasiga ta'sir qiladi. Artel inverter konditsionerlarining shovqin darajasi -40 db atrofida.

* - Nominal ish sharoitida.

5. Uch yil to‘liq bepul kafolat

Inverter tizimi kompressorning ishlash jarayoniga bevosita ta'sir qiladi. Quvvatni boshqarish keraksiz ortiqcha yuklardan xalos qiladi, bu esa qurilmaning ishlash muddatini uzaytiradi. Shu bilan birga, barcha Artel konditsionerlari uch yillik to‘liq bepul kafolat muddati bilan ta'minlanadi.

"image": {
"id": 9705,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/baraka-bkhd-chillachi.2024-07-19.12-04-21.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 11,
"title": "Akfa Group: 2022-yil yakunlari, 2023-yil rejalari va 2030-yilgacha rivojlanish istiqbollari",
"types": [

"id": 5,
"title": "Maqolalar",
"color": "#0B5345",
"background_color": ""

"publish_date": "2023-04-04",
"introduction_text": "Akfa Group — qurilish materiallari, maishiy texnika va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, mehmonxona, ta'lim va sog'liqni saqlash xizmatlari ko'rsatishga ixtisoslashgan korxonalarni jamlovchi sanoat guruhi hisoblanadi.",
"content": "
Akfa Group:Ishlab chiqarish: \"Akfa\", \"Artel\", \"Akfa Lighting\" \"Flowers Garden\", \"OCARD\" kompaniyalari;Savdo va xizmat ko'rsatish: \"Mediapark\", \"KFC Uzbekistan\", \"Akfa Medline\", \"Hilton Tashkent\";Ta'lim xizmatlari ko'rsatish: \"Invento\", \"Artel Technical School\" \"Akfa University\".

O'tgan 2022-yilda yuzaga kelgan geosiyosiy voqealik, logistika aloqalarining buzilishi, transport xarajatlarining keskin oshishi, doimiy hamkorlarda kuzatilgan xom-ashyo va energiya yetishmovchiliklari Akfa Group oldiga murakkab qarorlar qabul qilish, uzluksiz ishlashni talab qildi va muammolar bartaraf etildi.

2022-yil:

Iqtisodiy o'sish o'tkan yilga nisbatan 22 foizni tashkil etdi.

Jami ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish hajmi 14 460 mlrd so'mni tashkil etdi.

Eksport 210 mln AQSh dollari (35% dan ko'proq o'sish).

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda o'rni

Akfa Group qo'shilgan qiymat yuqori bo'lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, eksportga yo'naltirilgan va import o'rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda respublikadagi lider kompaniyalardan hisoblanadi.

Akfa Group o'z ichida injiniring va R&D (Research and development) markazlari hisoblangan \"Artel R&D\" va \"Akfa R&D\" larni tashkil etgan va samarali boshqarayotgan respublika kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

2022-yilda Akfa Group R&D markazlarida:

Tojikistonda (Dushanbe) sovitkich va konditsioner ishlab chiqarish loyihalari tayyorlandi;

Turkiya va Italiya davlatlarida R&D markazlarini tashkillashtirish loyihasi;

Yarimavtomat kir yuvish mashinasining yangi modeli (7.5 kg);

Toshkent viloyati, Qibray tumanida energiya samarador \"gazoblok\" ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi;

Balkon eshiklari ishlab chiqarish loyihasi;

Oynalarda quyoshdan himoya sistemalari:

Eksport

2022-yilda Akfa Group eksport hajmi 210 mln AQSh dollarini tashkil etib, rekord natijaga erishildi.

Eksport geografiyasi 35 davlatni qamrab olib, mintaqaviy bozorlar (Qozog'iston, Rossiya, Tojikiston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Gruziya va Ukraina) bilan birga Yevropa Ittifoqi (Germaniya, Italiya, Polsha, Niderlandiya) hamda yangi bozor bo'lgan Kanada va AQSh davlatlarini o'z ichiga oldi.

MDH davlatlari – 186 000 000 AQSh dollari;

Ukraina – 4 650 000 AQSh dollari;

Yevropa Ittifoqi – 13 800 000 AQSh dollari;

Kanada va AQSh – 891 000 AQSh dollari.

Jami eksport ulushida Akfa brendi mahsulotlari 50 mln AQSh dollari va Artel brendi mahsulotlari 155 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

Ijtimoiy hamkorlik va xayriya

Akfa Group 2022-yilda atrof-muhitni muhofaza qilish, xodimlar va iste'molchilarni qo'llab-quvvatlash, jamoatchilik tashabbuslarida ishtirok etishni davom ettirdi.

Kompaniyada ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG – Environmental, Social, and Corporate Governance) joriy etilgan.

Atrof-muhitni muhofaza qilish:

Akfa Group tabiatni asrash, bio xilma-xillikni saqlab qolish, jonivorlarga g'amxo'rlik qilish bo'yicha davlat va jamoatchilik tashabbuslarida keng ishtirok etib kelmoqda.

Yashil maydonlar va yo'laklar tashkil etish, manzarali daraxtlar va butalar ekish ishlariga 2022-yilda 15 mlrd so'm xomiylik mablag'lari sarflandi.

Toshkent viloyatida \"Mehr by Akfa\" qarovsiz uy hayvonlarini saqlash markazi tashkil etilib, faoliyati moliyaviy qo'llab-quvvatlanib kelinmoqda.

Guruhning ustuvor maqsad va yo'nalishlaridan biri energiya samaradorligi, energiya tejash va energiya tejaydigan mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Akfa Group energiya sarfini kamaytiruvchi va muqobil energiyadan foydalanishga imkon beruvchi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Ushbu yo'nalishda quyidagilar amalga oshirildi:

2008-yil — ko'p kamerali Akfa Plast profillarini ishlab chiqarish;

2010-yil — energiya tejamkor lyuminesent lampalar;

2013-yil — energiya tajamkor Thermo alyumin Profil seriyasini ishlab chiqarishni o'zlashtirish;

2014-yil — energiya tejamkor LED lampalar;

2014-yil — maishiy texnika mahsulotlarida energiya samaradorlikning A darajasini ta'minlash;

2016-yil — quyosh energiyasidan suv isituvchi kollektorlar ishlab chiqarish;

2023-yil energosamarador va energotejamkor mahsulotlar ishlab chiqarish.

Xayriya

Akfa Group 2022-yilda amalga oshirgan xayriya tadbirlari:

- \"Sen Yashaysan\" loyihasi doirasida yurak yetishmovchiligi (порог сердце) tashxisi bo'lgan butun respublikadan kelgan 300 dan ortiq bolalar operatsiya qilindi va davolash kursini o'tadi.

- Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo'llab-quvvatlash uchun birlamchi zarur oziq-ovqat paketlari tashkil etilib, aholiga tarqatildi;

- Kam ta'minlangan, uy-joy sharoitlari yaroqsiz bo'lgan fuqarolarga uy sotib olishga yordam berish;

- O'zbekiston bayrog'i ostida maydonga chiqib, sportda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni qo'llab-quvvatlash.

Shuningdek, kompaniyada xodimlarning xayriya tashabbuslari ham keng qo'llab-quvvatlanadi. Jumladan, kompaniya xodimlari xayriya marafonlari, qon donori bo'lish, hasharlar va boshqa tadbirlarda qatnashib kelmoqda.

2022-yilda xayriya tadbirlariga 30 mlrd so'mdan ortiq mablag' sarflangan.

Yutuqlar asosi xodimlar

Akfa Group 30 mingdan ortiq xodimlarga ega!

Aynan ular kompaniyaning bugungi va ertangi kuniga ishonchi hisoblanadi.

Kompaniya xodimlari respublikaning 12 viloyatida mehnat qiladi.

Xodimlarga motivatsiya berish, mehnat xavfsizligi, sog'liqni saqlash, qayta o'qitish hamda mehnatini to'g'ri baholash tizimlari joriy etilgan.

Yirik soliq to'lovchi

Akfa Group korxonalari tomonidan 2022-yilda davlat byudjetiga 2 trln so'mdan ortiq soliq to'lovlari to'langan.

Shundan:

- Akfa (830 mlrd so'm);

- Artel (780 mlrd so'm).

Shulardan:

- Bojxona to'lovlari (1 050 mlrd so'm);

- Qo'shilgan qiymat solig'i (500 mlrd so'm);

- Foyda solig'i va boshqa soliqlar (500 mlrd so'm).

2023-yil rejalari

- Eksport hajmini 320 mln AQSh dollariga yetkazish (o'rtacha 50% o'sish);

- AKFA va ARTEL brendlarini xalqaro maydonda obro'sini oshirish va tanib olish imkoniyatini oshirish;

- mahsulot eksportida eksport bozorlari geografiyasini kengaytirish, istiqbolli bo'lgan Yevropa Ittifoqi, Kanada, AQSh davlatlari bozorlariga kengroq kirib borish;

- sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 20 foiz o'sishni ta'minlash;

- qurilish materiallari, maishiy texnika mahsulotlari etkazib berishda mintaqa davlatlaridagi liderlik pozitsiyalarini saqlab qolish va kengaytirish;

- yangi biznes yo'nalishlarini tashkil etishga investitsiyalar kiritish;

- brendlar portfelini yaratish;

- ishlab chiqarishni va boshqaruv jarayonlarini to'liq raqamlashtirish va avtomatlashtirish.

2030-yilgacha rivojlanish istiqbollari

- Kompaniyaning dunyoning top 500 kompaniyalari ro'yxatiga kirishini ta'minlash;

- Tovar aylanmasini yiliga 100 trln so'mga yetkazish;

Yillik eksport hajmini 1 mlrd AQSh dollariga yetkazish;

"image": {
"id": 9684,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/cover-1720.2024-07-18.10-02-26.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 3,
"title": "Artel kompaniyasi ijtimoiy tashabbuslar va BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qo‘shgan hissasi haqidagi hisoboti bilan o‘rtoqlashdi.",
"types": [],
"publish_date": "2023-02-07",
"introduction_text": "“Artel Electronics” MChJ (Artel) kompaniyalar guruhi BMTning Global kelishuvi doirasidagi faoliyatining borishi to‘g‘risidagi ilk hisobotini e’lon qildi.",
"content": "
BMT Global Shartnomasi Microsoft, Electrolux, Panasonic va Nestle kabi aʼzolarni oʻz ichiga olgan biznes barqarorligi boʻyicha dunyodagi eng yirik tashabbuslardan biridir. Artel O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib dasturning to‘liq ishtirokchisi maqomini oldi.

Global shartnomaga qo‘shilish orqali Artel o‘zining inson huquqlari, mehnat huquqlari, atrof-muhitni muhofaza qilish, korruptsiyaga qarshi kurash sohalarida BMT Global kelishuvining 10 ta tamoyiliga rioya qilish va BMTning Barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadini ilgari surish majburiyatini oldi.

"image": {
"id": 9678,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/cover.2024-07-18.09-26-38.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 8,
"title": "Artel innovatsion o‘quv markazi Certiport imtihonlarini o‘tkazish uchun litsenziyaga ega boʻldi",
"types": [],
"publish_date": "2022-03-31",
"introduction_text": "Artel innovatsion oʻquv markazi Certiport kompaniyasining imtihonlarini o‘tkazish boʻyicha vakolatli test markazi maqomini oldi.",
"content": "
Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabalar IT sertifikatlash sohasida jahon yetakchilari — Pearson Assessments, Microsoft, Adobe, Unity, IT specialist, App development with Swift, IC3 Digital Literacy Certification, Communication Skills for Business, Project Management Institute, CISCO, ESB hamda Autodesk kompaniyalaridan sertifikat olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Certiport tomonidan berilgan litsenziyaga ko‘ra, Artel Innovatsion o‘quv markazi yuqorida tilga olingan kompaniyalarining o‘quv materiallari, vaucherlari, shuningdek veb xizmatlariga kirish kodlarini oʻz ichiga olgan barcha mahsulotlarning yetkazib beruvchisiga aylandi. Bu sertifikat olishni xohlovchilar Artel innovatsion o‘quv markazida xalqaro dastur bo‘yicha tahsil olib, so‘ng imtihon topshirishlarini anglatadi.

Ma’lumot uchun: Certiport kompaniyasi PERSON VUE kompaniyasining biznes boʻlimi boʻlib, u 1997 yilda Amerikada tashkil etilgan va hozirgi kunda sertifikatlash xizmatlari: imtihonlarni boshqarish va sertifikat taqdim etish bo'yicha yetakchilardan hisoblanadi. Certiport har yili 148 ta davlatda, shu jumladan O‘zbekistonda o‘rta, oliy ta’lim, mehnat resurslari va korporativ texnologiyalar bozorlarida millionlab imtihonlarni o‘tkazadi.

Ta’kidlash joizki, Artel ko‘plab xalqaro kompaniyalar singari ilg‘or texnologiyalar yordamida o‘z xodimlariga zamonaviy, yuqori sifatli bilim berishga doimiy ravishda e’tibor qaratib, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari faol harakat qilmoqda. Certiport va Artel innovatsion o‘quv markazi o‘rtasidagi hamkorlik esa nafaqat kompaniyada, balki butun O‘zbekistonda malakali kadrlar tayyorlashning yuqori darajasini ta’minlashga xizmat qiladi.

"image": {
"id": 9676,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/cover-new.2024-07-18.07-49-07.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"