HTTP 200 OK
Allow: GET, POST, HEAD, OPTIONS
Content-Type: application/json
Vary: Accept

"count": 59,
"next": null,
"previous": "https://api.artelelectronics.com/api/v1/news/?format=api&ordering=introduction_text&page=5",
"results": [

"id": 123,
"title": "Tarixiy lahza: Manchester City Artel Electronics bilan hamkorlikni e’lon qildi",
"types": [],
"publish_date": "2025-12-19",
"introduction_text": "Ushbu kelishuv klubning Markaziy Osiyodagi ilk hamkorligi bo‘lib, O‘zbekiston futboli uchun ramziy ahamiyatga ega bosqichda imzolandi.",
"content": "
Markaziy Osiyodagi eng yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi Artel Electronics Angliya Premer-ligasidagi Manchester City futbol klubi bilan mintaqaviy hamkorlikni boshladi. Ushbu kelishuv klubning mintaqadagi birinchi rasmiy hamkorligini tashkil etadi va O‘zbekiston futboli rivojida tarixiy ahamiyatga ega.

Kelishuv doirasida Artel Electronics klubning rasmiy mintaqaviy hamkori maqomini, shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi boshqa muhim mamlakatlarda Manchester City’ning eksklyuziv telekanal hamkori maqomini qo‘lga kiritdi. Bu hamkorlik O‘zbekiston brendi bilan Angliya Premer-ligasidagi klubning birinchi tijoriy shartnomasi bo‘lib, xalqaro sport tashkilotlarining Markaziy Osiyo bozoriga bo‘lgan e’tiborining ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Hamkorlik ayni paytda e’lon qilindi — milliy terma jamoaning FIFA Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etishi, shuningdek, mahalliy futbolchilarning, jumladan Manchester City himoyachisi Abduqodir Xusanovning xalqaro maydonda muvaffaqiyatga erishishi natijasida futbolga bo‘lgan qiziqish keskin oshgan davrga to‘g‘ri keladi.

City Football Groupning global hamkorlik bo‘yicha vitse-prezidenti Kaitlyn Beale shunday dedi:

“Artel Electronics bilan yangi mintaqaviy hamkorlikni e’lon qilayotganimizdan xursandmiz. Abduqodir Xusanov kelganidan so‘ng O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi klubga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshdi. Ushbu hamkorlik mintaqa bilan aloqalarimizni yanada mustahkamlaydi.”

Artel Electronics kompaniyalar guruhi marketing direktori Nodir Hikmatillaev esa qo‘shib shunday dedi:

“Manchester City kabi dunyoning yetakchi futbol klubi bilan hamkorlik mamlakatimiz uchun yangi davrni bildiradi. Biz birgalikda futbolni butun O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi muxlislar uylariga olib kirish, yangi avlod iste’dodlarini ilhomlantirish va Yangi O‘zbekistondan chiqqan brendlarning global maydonda nimalarga erisha olishini ko‘rsatishga intilamiz.”

Ushbu hamkorlik nafaqat mahalliy futbolni rivojlantirishga, balki O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi muxlislar uchun xalqaro klub bilan yanada keng aloqalarni o‘rnatishga xizmat qiladi.

"image": {
"id": 20292,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/.2025-12-20.07-26-14.webp"

"mobile_image": {
"id": 20290,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/6041042.2025-12-20.07-24-31.jpg"

"language": "uz"

"id": 125,
"title": "Manchester City F.C. va Artel uchrashuvi",
"types": [

"id": 6,
"title": "Voqealar",
"color": "#3082e6",
"background_color": ""

"publish_date": "2026-02-23",
"introduction_text": "Xabaringiz bor, Artel Manchester City futbol klubining rasmiy mintaqaviy hamkori. Ushbu hamkorlik doirasida City Football Group'ning katta hamkorlik marketingi menejeri Tom Rose Artel kompaniyasiga tashrif buyurdi. Shuningdek, City Football Group'ning hamkorlik marketingi bo‘limi rahbari Sarah Livingstone bilan onlayn muzokara olib borildi.",
"content": "
Xabaringiz bor, Artel Manchester City futbol klubining rasmiy mintaqaviy hamkori. Ushbu hamkorlik doirasida City Football Group'ning katta hamkorlik marketingi menejeri Tom Rose Artel kompaniyasiga tashrif buyurdi. Shuningdek, City Football Group'ning hamkorlik marketingi bo‘limi rahbari Sarah Livingstone bilan onlayn muzokara olib borildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mavjud hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, uzoq muddatli strategik yo‘nalishlarni muhokama qilish hamda qo‘shma marketing, kontent va PR loyihalari bo‘yicha kelgusi rejalarni belgilab olishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida tomonlar brend qadriyatlari uyg‘unligi, auditoriya bilan ishlash strategiyasi, sport va texnologiya integratsiyasi orqali qo‘shimcha qiymat yaratish masalalarini atroflicha ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, qo‘shma tadbirlar, reklama kampaniyalari va ijtimoiy loyihalar bo‘yicha yo‘l xaritasi yuzasidan fikr almashildi.

"image": {
"id": 20837,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/saytga-1.2026-02-23.05-07-53.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 16,
"title": "Yangi Chillachi! Yangi Baraka!",
"types": [

"id": 2,
"title": "Mahsulot haqida",
"color": "#F78316",
"background_color": "#FFEEB2"

"id": 1,
"title": "Yangiliklar",
"color": "#003112",
"background_color": "#D0F7C6"

"publish_date": "2024-05-06",
"introduction_text": "Yangi Artel Baraka 2024 konditsioneri yozgi jaziramaga qarshi kurashda ishonchli hamrohingizdir.",
"content": "
Yangi Artel Baraka 2024 konditsioneri yozgi jaziramaga qarshi kurashda ishonchli hamrohingizdir.

Konditsioner Inverter kompressori tufayli 130V past elektr kuchlanishida ishlaydi.

Ushbu model zamonaviy 3D sovutish va isitish texnologiyasi hamda 165 gradusgacha ochiladigan keng jalyuzi qanotlariga ega.

3D sovutish va isitish texnologiyasi xonani 3 ta ortogonal vektorda - uzunlik, balandlik va chuqurlikda bir maromda sovutish yoki isitish imkonini beradi.

165 gradusgacha ochiladigan keng jalyuzi burchagi yordamida havo xonada samaraliroq aylanadi. Bu o'z o'rnida xonani bir maromda tezroq sovutadi yoki isitadi.

"image": {
"id": 5897,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/1260-720.2024-05-21.13-12-47.jpg"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 52,
"title": "Barqarorlik, innovatsiya va yuqori samaradorlik – yangi avlod sovutish yechimlari",
"types": [

"id": 5,
"title": "Maqolalar",
"color": "#0B5345",
"background_color": ""

"publish_date": "2025-03-10",
"introduction_text": "Zamonaviy chakana savdo, umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat sanoati uchun ishonchli sovitish tizimlari samaradorlik va mahsulot sifati nuqtayi nazaridan muhim hisoblanadi. Artel tijorat sovitkichlari ushbu sohalarda ishonchli hamkor sifatida o‘zini namoyon qilib, yuqori sifat, innovatsion texnologiyalar va uzoq muddatli xizmat ko‘rsatish kafolatini taqdim etmoqda.",
"content": "
Tijorat sovitkichlariga global talab va O‘zbekistondagi holat

Fortune Business Insights kompaniyasining hisobotiga ko‘ra, 2021-yilda global tijorat sovitkichlari bozori hajmi 36,63 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Ushbu bozor 2022-yildan 2029-yilgacha yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati (CAGR) 5,7% bo‘lishi kutilmoqda va 2029-yilga kelib 53,16 milliard AQSh dollariga yetishi taxmin qilinmoqda. O‘zbekistonda esa oziq-ovqat va ichimliklar sanoati rivojlanishi bilan birga sifatli va energiya tejamkor sovitish tizimlariga ehtiyoj ortib bormoqda. Texnopark ushbu talabni qondirish maqsadida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda.

Artel va Shivaki: sifat va ishonchlilik ramzi

Bugungi kunda Artel va Shivaki savdo muzlatkichlari va sovitkichlariga bo‘lgan talab muttasil oshib bormoqda. Yiliga 100 000 donadan ortiq mahsulot ishlab chiqarish quvvati bilan bu brendlar Markaziy Osiyo bozorida yetakchi o‘rinni egallagan. Eng muhimi, bu sovitish tizimlari Yaqin Sharq, Yevropa va Kavkaz mintaqasiga ham muvaffaqiyatli eksport qilinmoqda.

O‘zbekistonning global bozorga dadil chiqayotgan yirik ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida Artel so‘nggi 4 yil ichida 100 000 ga yaqin muzlatkich va sovitkichlarni 20 dan ortiq mamlakatga eksport qildi. Bu kompaniyaning xalqaro miqyosdagi ishonchliligini va o‘zbek mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortib borayotganini yaqqol isbotlaydi.

Artel muzlatkichlari va tijorat sovitkichlari hozirda Qozog‘iston, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Livan, Bosniya va Gersegovina, Gruziya, Moldova Isroil, Turkmaniston va boshqa davlatlarga yetkazib berilmoqda. Gap isboti sifatida, 2025-yilning fevral oyida Qozog‘istonning Sergek Group tarkibiga kiruvchi “Balqymyz” kompaniyasi o‘z mahsulotlarini saqlash sifatini oshirish maqsadida Artel kompaniyasidan HS390 SN modelidagi tijorat sovitkichlarini xarid qildi va bundan keyin ham birgalikda ishlash masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Texnologiya va innovatsiya – kelajakka qadam

Artel kompaniyasi global tajribaga tayangan holda o‘z mahsulotlarini takomillashtirib boradi. Aynan shu sababdan, Klimasan kompaniyasi bilan hamkorlikda 3 ta yangi model – S 225 SLIM, COOL 600 va COOL 700 – ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu hamkorlik natijasida mijozlar yanada ishonchli, energiya tejamkor va zamonaviy sovitkichlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Kelgusida Klimasan bilan hamkorlikni yanada kengaytirish rejalari mavjud.

Ichki bozorda kuchayib borayotgan talab

O‘zbekistonda muzlatkich va sovitkichlarga bo‘lgan talab muttasil o‘sib bormoqda. So‘nggi 4 yil ichida mahalliy bozorda taxminan 400 000 dan ortiq muzlatkich va tijorat sovitkichlari sotildi. Bu esa Artel mahsulotlariga bo‘lgan ishonch va brendning ommalashib borayotganidan dalolat beradi. Artel muzlatkichlari yuqori sifat, ishonchlilik va ilg‘or texnologiyalar uyg‘unligi bilan yirik korxonalar uchun birinchi tanlovga aylangan.

Artel mahsulotlarini tanlagan yirik kompaniyalar qatoriga “Balton Trading” (Korzinka), “Imkon Plus”, “Promeat”, “Bahroma”, “Ocard”, “Coca-Cola”, “Sochnaya dolina”, “Bliss”, “Chortoq”, “Montella”, “Chernogolovka”, “Ermak”, “BioLife”, “Legend”, “Evita”, “Polvon”, “Dairy Classic”, “Ice and Gold”, “Mondo”, “Musa”, “Anjan Ice Cream”, “Royal Muz Servis”, “Zenit Ice Cream”, “Langer Ice Cream” va boshqa ko‘plab mahalliy brendlar kiradi.

Raqobatbardoshlikning asosiy omillari:

Kafolatlangan sifat

Yuqori energiya samaradorligi

Mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv

Barcha assortiment uchun 3 yil davomida bepul servis xizmati

Doimiy assortiment:

14 xil muzlatkich modeli – 250 litrdan 1150 litrgacha hajm

15 xil vitrinali sovutkich modeli – 560 litrdan 3500 litrgacha hajm

ARTEL va SHIVAKI sovitkichlarining ustunliklari

Tijorat sovitkichlar:

Har bir Artel sovitkichi elektr xavfsizligi bo‘yicha qat’iy sinovdan o‘tadi va xalqaro ISO9001, IEC, RoHS va EAC sertifikatlariga ega. Bu bizning mahsulotlarimizning yuqori sifat va xavfsizlik standartlariga javob berishini kafolatlaydi.

Innovatsion texnologiyalar – Ishlab chiqarish jarayonida Italiyaning Galileo freon qo‘shish apparati, Canon va King Power penopoliuretan dastgohlari qo‘llaniladi.

Yuqori energiya samaradorligi – Artel tijorat sovitkichlari standart materiallarga nisbatan 20% yaxshiroq issiqlik izolyatsiyasini ta’minlaydigan ultra-mikroporoz izolyatsiyadan foydalanadi, bu esa energiya sarfini kamaytiradi.

LED yoritish tizimi – Energiya tejamkor LED yoritgichi yorqin yorug‘likni ta’minlaydi va mahsulotlarni yaxshi ko‘rinishda ushlab turadi.

Tashqi muhitga moslashuvchanlik – Bizning sovitkichlarimiz jahon yetakchilarining yuqori unumdorlikdagi kompressorlari bilan jihozlangan bo‘lib, ular hatto o‘ta past haroratlarda ham barqaror va samarali ishlashni ta’minlaydi.

“No Frost” texnologiyasi – Muz hosil bo‘lishining oldini oladi hamda tez va bir tekis sovitishni kafolatlaydi.

Moslashuvchan narx siyosati – Artel tijorat sovitkichlari bozorda raqobatbardosh narxlarga ega bo‘lib, har bir biznes uchun qulay yechimni taklif qiladi.

Uzoq muddatli bepul servis xizmati – 36 oylik bepul servis kafolati bilan mijozlarga xizmat ko‘rsatamiz.

Muzlatkichlar:

Super Freeze – 90 daqiqada tez muzlatish - Maxsus tez muzlatish funksiyasi mahsulotlarni atigi 90 daqiqada muzlatib, ularning ozuqaviy qiymati va ta’mini saqlashga yordam beradi.

Harorat diapazoni: +5°C dan -24°C gacha diapazonda boshqarish imkoniyati har qanday turdagi mahsulotlar uchun optimal sharoit yaratadi.

A+ energiya samaradorligi sinfi – 30% gacha elektr tejash

To‘rt tomonlama muzlatish texnologiyasi - Mahsulotlar har bir burchakda bir xil haroratda saqlanadi, bu esa ularning uzoq muddat yangi va sifatliligini ta’minlaydi.

Quvvatli va bardoshli kompressor yordamida muzlatkich -24°C gacha tez va barqaror sovutadi.

Elektr ta’minoti uzilib qolgan taqdirda ham, ultra-mikroporoz izolyatsiya mahsulotlaringizni 24 soat davomida kerakli haroratda saqlaydi.

Harakatlantirishni osonlashtiruvchi g‘ildirakli tizim tufayli qulay joylashtirish imkoniyati mavjud.

Atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan R600a va R290 tabiiy sovutgich gazlari ishlatilgan bo‘lib, ekologik xavfsizlik va energiya samaradorligini ta’minlaydi.

Qo‘shimcha qulayliklar – ish indikatorlari, drenaj trubkasi, seyf qulfi. Kengaytirilgan funksiyalar orqali foydalanish qulayligi oshirilgan

Artel o‘zining yuqori sifatli va zamonaviy sovutish texnologiyalari bilan O‘zbekiston va xalqaro bozorda yetakchi o‘rin egallashda davom etmoqda. Bu esa brendning barqaror rivojlanishi va kelajakda yanada kengroq bozorga chiqishiga zamin yaratadi.

"image": {
"id": 17569,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/artel_vitrinnie_morozilki_4.2025-03-11.06-24-57.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 5,
"title": "Artel kompaniyalar guruhi Yevropa bozoriga katta qadam tashladi",
"types": [],
"publish_date": "2023-11-17",
"introduction_text": "Ўрта Осиёдаги энг йирик маиший техника ва электроника ишлаб чиқарувчиси — Artel компаниялар Гуруҳи ошхона плиталарининг хавфсизлиги Европа регламентларига мос келишини тасдиқланди.",
"content": "
2023 йил 17 ноябр куни Artel ошхона плиталари ишлаб чиқариш корхонаси Туркиянинг етакчи сертификатлаштириш органларидан бири томонидан СE (Conformitée Européenne) мувофиқлик сертификати билан тақдирланди.

Маҳаллий ишлаб чиқарувчининг ошхона плиталари 2016/426 «Газсимон ёқилғида ишлайдиган ускуналар ва жиҳозлар» 2016/426 GAR, 2014/35/EU Электр хавфсизлик бўйича Европа директивалари, 2014/30/EU электромагнит мослашувига мувофиқлик синовидан ўтказилди ва маҳсулотларни мувофиқлик белгиси СE билан ёрлиқлаш ҳуқуқига эга бўлди.

Ишлаб чиқарилган маҳсулотларнинг сифати ва хавфсизлиги тан олинишига эришиш учун компания мутахассислари кўп ишларни амалга оширдилар. Ошхона плиталари намуналари EN 30-1-1 ва EN 30-2-1 Европа стандартлари талабларига мувофиқлигини текшириш учун Туркиядаги INTEGRA96 лабораториясига юборилди. Маҳсулот синовлари муваффақиятли якунланганидан сўнг сертификатлаштириш органи вакиллари ошхона плиталари ишлаб чиқариш корхонасига ташриф буюрдилар ва ишлаб чиқариш аудитини ўтказдилар. Аудит якуни бўйича компанияга мувофиқлик сертификати ва маҳсулотларни мувофиқлик белгиси СE билан ёрлиқлаш ҳуқуқи берилди.

Шуни таъкидлаш керакки, INTEGRA96 сертификатлаштириш органи IAF (Халқаро аккредитация форуми) ва ILAC (Халқаро лабораторияларни аккредитациялаш ҳамкорлиги) халқаро ташкилотларининг тўлиқ аъзоси бўлган Туркиянинг аккредитация бўйича TÜRKAK органи томонидан аккредитация қилинган. INTEGRA96 Европа Иттифоқи томонидан газсимон ёқилғида ишлайдиган маҳсулотларнинг мувофиқлигини баҳолаш ваколатига эга. INTEGRA96 сертификатлари халқаро миқёсда тан олинган.

Artel компаниялар Гуруҳи маҳсулот сифатини ва халқаро майдонда рақобатбардошлигини ошириш бўйича доимий иш олиб бормоқда. Бугунги кунда Artel бренди остидаги маҳсулотлар 20 дан ортиқ экспорт бозорларида намойиш этилган. Европа хавфсизлик талабларига мувофиқлик бошқа мамлакатларга экспорт қилиш учун янги уфқларни очади ва бу Ўзбекистон иқтисодиёти ривожига ҳам ижобий таъсир кўрсатади.

"image": {
"id": 10009,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/cover.2024-07-26.06-00-46.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 58,
"title": "Konditsionerni yoz mavsumga tayyorlash bo‘yicha maslahatlar",
"types": [

"id": 3,
"title": "Layfxaklar",
"color": "#8F79D4",
"background_color": "#E7D9FF"

"publish_date": "2025-08-27",
"introduction_text": "Как подготовить кондиционер к лету, чтобы избежать неисправностей и продлить срок службы вашего кондиционера",
"content": "
1️⃣ Filtrlarni tozalang

Ichki blokdagi filtrlarni iliq suv bilan yuvib, to‘liq quriting. Toza filtrlar xonadagi havoning sifatini yaxshilaydi va konditsionerning samaradorligini oshiradi.

2️⃣ Tashqi blokni tekshiring

Tashqi blok atrofida chang, barglar yoki boshqa chiqindilar yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Havoning to‘g‘ri aylanishi uskuna haddan tashqari qizib ketishining oldini oladi.

3️⃣ Drenaj tizimini tekshiring

Drenaj tizimi to‘g‘ri ishlayotganini va suv erkin oqib ketayotganini tekshiring. To‘silgan drenaj suv sizib chiqishiga va sovutish samaradorligining pasayishiga olib kelishi mumkin.

4️⃣ To‘g‘ri rejimni tanlang

Optimal sovutish harorati — 22–26°C. Konditsioner modeliga qarab pultda mos rejimni tanlang (* yoki “cool” tugmasi). Bu xona ichida qulaylik yaratib, elektr energiyasini tejashga yordam beradi.

Havo tezligini esa (\"Ventilator\" yoki \"Fan speed\" tugmasini bosib) eng yukoriga o'rnatish lozim.

5️⃣ Konditsionerning ishlashini kuzating

Agar begona shovqin, kuchsiz havo oqimi yoki noxush hidni sezsangiz — mutaxassisga murojaat qiling.

Displeyda harf va sonlar o‘chib yonsa, bizning servis markazimizga murojaat qiling:

+99878 148-88-88

"image": {
"id": 19144,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/web_site_1.2025-08-27.20-47-54.webp"

"mobile_image": {
"id": 19145,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/web_site_1.2025-08-27.20-48-06.webp"

"language": "uz"

"id": 3,
"title": "Artel kompaniyasi ijtimoiy tashabbuslar va BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qo‘shgan hissasi haqidagi hisoboti bilan o‘rtoqlashdi.",
"types": [],
"publish_date": "2023-02-07",
"introduction_text": "“Artel Electronics” MChJ (Artel) kompaniyalar guruhi BMTning Global kelishuvi doirasidagi faoliyatining borishi to‘g‘risidagi ilk hisobotini e’lon qildi.",
"content": "
BMT Global Shartnomasi Microsoft, Electrolux, Panasonic va Nestle kabi aʼzolarni oʻz ichiga olgan biznes barqarorligi boʻyicha dunyodagi eng yirik tashabbuslardan biridir. Artel O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib dasturning to‘liq ishtirokchisi maqomini oldi.

Global shartnomaga qo‘shilish orqali Artel o‘zining inson huquqlari, mehnat huquqlari, atrof-muhitni muhofaza qilish, korruptsiyaga qarshi kurash sohalarida BMT Global kelishuvining 10 ta tamoyiliga rioya qilish va BMTning Barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadini ilgari surish majburiyatini oldi.

"image": {
"id": 9678,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/cover.2024-07-18.09-26-38.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 59,
"title": "“Artel Electronics”, Xitoy Elektronika Savdo Palatasi (CECC) va “O‘zeltexsanoat” o‘rtasida uch tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi",
"types": [],
"publish_date": "2025-08-28",
"introduction_text": "“Artel Electronics”, Xitoy Elektronika Savdo Palatasi (CECC) va “O‘zeltexsanoat” o‘rtasida uch tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi",
"content": "
Bugun Toshkent shahrida Xitoy Elektronika Savdo Palatasi (CECC) prezidenti Van Ning boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida muhim hamkorlik kelishuvi imzolandi. Tadbirda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov hamda “Akfa Group” asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etdilar.

Uchrashuv yakunida CECC, “O‘zeltexsanoat” va “Artel Electronics” o‘rtasida elektronika, elektrotexnika va yuqori texnologiyalar sohasida keng qamrovli uch tomonlama memorandum imzolandi.

Mazkur anglashuv quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Mahalliy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;

Qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish;

Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;

Ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;

Eksport bozorlarini kengaytirish;

Xalqaro kooperatsiyani mustahkamlash;

Yangi investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish.

Ushbu memorandum O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy-texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi, shuningdek, elektrotexnika sanoatining barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu delegatsiya kuni kecha Artel kompaniyasiga tashrif buyurib, korxonamiz faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tadbir yakunida CECC prezidenti Van Ning O‘zbekistonda yaratilayotgan investitsiyaviy muhitni yuqori baholab, CECC a’zolari tomonidan kelgusida qo‘shma loyihalarda faol ishtirok etilishiga ishonch bildirdi.

"image": {
"id": 19150,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/photo_2025-08-28_11-06-08.2025-08-28.06-23-47.webp"

"mobile_image": null,
"language": "uz"

"id": 119,
"title": "Berlin’da IFA 2025 ko‘rgazmasida Artel Electronics O‘zbekiston sanoatini namoyish etmoqda.",
"types": [

"id": 6,
"title": "Voqealar",
"color": "#3082e6",
"background_color": ""

"id": 5,
"title": "Maqolalar",
"color": "#0B5345",
"background_color": ""

"publish_date": "2025-09-04",
"introduction_text": "“Made in Uzbekistan” yorlig‘i ko‘plab tashrif buyuruvchilar uchun kutilmagan yangilik bo‘lib, bu ularda iliq qiziqish uyg‘otdi va natijada stendimiz eng gavjum maydonlardan biriga aylandi.",
"content": "
“Made in Uzbekistan” yorlig‘i ko‘plab tashrif buyuruvchilar uchun kutilmagan yangilik bo‘lib, bu ularda iliq qiziqish uyg‘otdi va natijada stendimiz eng gavjum maydonlardan biriga aylandi.

Ko‘plab hamkorlarimiz — Armaniston, Belarus, Gruziya, Isroil, Ukraina va Ozarbayjondan tashrif buyurishdi. Shu bilan birga, Moldava, Germaniya, Rossiya, Gretsiya, Argentina, Malta va Tunisdan kelgan mehmonlar ham mahsulotlarimizni qiziqish bilan o‘rganishdi.

- Ko‘rgazma davomida hamkorlar bilan ilgari bozorimizga yetkazib berilmagan yangi mahsulot kategoriyalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, masofadan boshqaruv imkoniyatiga ega bo‘lgan zamonaviy Wi-Fi suv isitgichi taqdim qilindi.

- Hozirgi hamkor mamlakatlardan tashrif buyurgan yangi manfaatdor tomonlar OEM biznesi asosida o‘z brendlarini bizning ishlab chiqarish maydonimizda yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirishdi.

IFA 2025 doirasidagi ushbu uchrashuvlar Artel uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish va O‘zbekiston sanoatini global miqyosda yanada kengroq namoyish etish imkoniyatlarini ochib bermoqda.

"image": {
"id": 20252,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/image-2025-12-18-12_42_28.2025-12-18.10-14-44.webp"

"mobile_image": {
"id": 20253,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/image-2025-12-18-12_42_28.2025-12-18.10-14-55.webp"

"language": "uz"