HTTP 200 OK
Allow: GET, POST, HEAD, OPTIONS
Content-Type: application/json
Vary: Accept
"count": 59,
"next": "https://api.artelelectronics.com/api/v1/news/?format=api&ordering=language&page=6",
"previous": "https://api.artelelectronics.com/api/v1/news/?format=api&ordering=language&page=4",
"results": [
"id": 49,
"title": "Artel Electronics va Klimasan o‘rtasidagi hamkorlik doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi",
"types": [
"id": 6,
"title": "Voqealar",
"color": "#3082e6",
"background_color": ""
"publish_date": "2025-02-25",
"introduction_text": "Artel Electronics va Klimasan kompaniyalari o‘rtasida imzolangan strategik kelishuv doirasida Klimasan vakillari va hamkorlari Texnopark va Rohat hududidagi ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishishdi so'ng loyiha doirasida taqdimot o‘tkazildi.",
"content": "
Artel Electronics va Klimasan kompaniyalari o‘rtasida imzolangan strategik kelishuv doirasida Klimasan vakillari va hamkorlari Texnopark hududidagi ishlab chiqarish quvvatlari hamda Rohatdagi ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar Artel mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan batafsil tanishib, yangi loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan texnologiyalar haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, Rohat hududidagi R&D markazlarida olib borilayotgan innovatsion loyihalar taqdimoti ham tashkil etildi. Bu markazlar kompaniyaning texnologik rivojlanishida muhim rol o‘ynab, yangi mahsulot va ilg‘or yechimlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.
Tashrif davomida mehmonlar Artel kompaniyasining Logistika markazini ham ko‘zdan kechirishdi va yetkazib berish jarayonining ilg‘or boshqaruv tizimlari bilan tanishdilar.
Mehmonlar zavodlar bilan tanishib bo‘lishgach, Klimasan-Artel loyihasi doirasida maxsus taqdimot o‘tkazildi, unda har ikki kompaniya o‘z faoliyati, strategik loyihalari hamda mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Taqdimot davomida mehmonlar yangi texnologiyalar va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari bilan ham tanishdilar.
Ma'lumot o‘rnida, Artel va Klimasan o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tijorat sovitkichlarining S 225 SLIM, COOL 600 va COOL 700 modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu hamkorlik innovatsion yechimlar asosida yuqori sifatli mahsulotlar yaratishga qaratilgan.
Bunday uchrashuvlar ikki kompaniya o‘rtasidagi tajriba almashinuvini mustahkamlab, yangi imkoniyatlarni muhokama qilish va mijozlarga yanada samarali mahsulot hamda xizmatlar taqdim etish imkonini yaratadi.
"image": {
"id": 17335,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/art03851-2.2025-02-25.06-34-55.webp"
"mobile_image": null,
"language": "uz"
"id": 50,
"title": "Artel “Science sHeroes” xalqaro ilm-fan tadbirida qatnashdi",
"types": [
"id": 6,
"title": "Voqealar",
"color": "#3082e6",
"background_color": ""
"publish_date": "2025-02-26",
"introduction_text": "Artel Electronics Westminster xalqaro universitetida bo‘lib o‘tgan “SCIENCE sHEROES: Inspiring Talks” tadbirida ishtirok etdi. Ushbu tadbir “Xalqaro ilm-fandagi xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlanib, ilm-fanda ayollar va qizlarning rolini mustahkamlashga qaratildi.",
"content": "
Artel Electronics Westminster xalqaro universitetida bo‘lib o‘tgan “SCIENCE sHEROES: Inspiring Talks” tadbirida ishtirok etdi. Ushbu tadbir “Xalqaro ilm-fandagi xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlanib, ilm-fanda ayollar va qizlarning rolini mustahkamlashga qaratildi.
Tadbirda Artel kompaniyasiningning HR departamenti direktori Lazizbek Mamatov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar haqida so‘z yuritdi va faxriy unvonlarga sazovor bo‘lgan ayollarni taqdirladi.
Tadbir davomida Artel mahsulotlari namoyish etilib, innovatsion texnologiyalar va barqaror rivojlanishga qaratilgan yondashuvlar bilan ishtirokchilarni tanishtirildi.
Artel Electronics Ilm-fanda gender tengligini ta’minlash va kelajak avlod qizlarini ilhomlantirish yo‘lidagi harakatlarini davom ettiradi!
"image": {
"id": 17374,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/art04509-2.2025-02-26.06-30-04.webp"
"mobile_image": null,
"language": "uz"
"id": 52,
"title": "Barqarorlik, innovatsiya va yuqori samaradorlik – yangi avlod sovutish yechimlari",
"types": [
"id": 5,
"title": "Maqolalar",
"color": "#0B5345",
"background_color": ""
"publish_date": "2025-03-10",
"introduction_text": "Zamonaviy chakana savdo, umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat sanoati uchun ishonchli sovitish tizimlari samaradorlik va mahsulot sifati nuqtayi nazaridan muhim hisoblanadi. Artel tijorat sovitkichlari ushbu sohalarda ishonchli hamkor sifatida o‘zini namoyon qilib, yuqori sifat, innovatsion texnologiyalar va uzoq muddatli xizmat ko‘rsatish kafolatini taqdim etmoqda.",
"content": "
Tijorat sovitkichlariga global talab va O‘zbekistondagi holat
Fortune Business Insights kompaniyasining hisobotiga ko‘ra, 2021-yilda global tijorat sovitkichlari bozori hajmi 36,63 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Ushbu bozor 2022-yildan 2029-yilgacha yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati (CAGR) 5,7% bo‘lishi kutilmoqda va 2029-yilga kelib 53,16 milliard AQSh dollariga yetishi taxmin qilinmoqda. O‘zbekistonda esa oziq-ovqat va ichimliklar sanoati rivojlanishi bilan birga sifatli va energiya tejamkor sovitish tizimlariga ehtiyoj ortib bormoqda. Texnopark ushbu talabni qondirish maqsadida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda.
Artel va Shivaki: sifat va ishonchlilik ramzi
Bugungi kunda Artel va Shivaki savdo muzlatkichlari va sovitkichlariga bo‘lgan talab muttasil oshib bormoqda. Yiliga 100 000 donadan ortiq mahsulot ishlab chiqarish quvvati bilan bu brendlar Markaziy Osiyo bozorida yetakchi o‘rinni egallagan. Eng muhimi, bu sovitish tizimlari Yaqin Sharq, Yevropa va Kavkaz mintaqasiga ham muvaffaqiyatli eksport qilinmoqda.
O‘zbekistonning global bozorga dadil chiqayotgan yirik ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida Artel so‘nggi 4 yil ichida 100 000 ga yaqin muzlatkich va sovitkichlarni 20 dan ortiq mamlakatga eksport qildi. Bu kompaniyaning xalqaro miqyosdagi ishonchliligini va o‘zbek mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortib borayotganini yaqqol isbotlaydi.
Artel muzlatkichlari va tijorat sovitkichlari hozirda Qozog‘iston, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Livan, Bosniya va Gersegovina, Gruziya, Moldova Isroil, Turkmaniston va boshqa davlatlarga yetkazib berilmoqda. Gap isboti sifatida, 2025-yilning fevral oyida Qozog‘istonning Sergek Group tarkibiga kiruvchi “Balqymyz” kompaniyasi o‘z mahsulotlarini saqlash sifatini oshirish maqsadida Artel kompaniyasidan HS390 SN modelidagi tijorat sovitkichlarini xarid qildi va bundan keyin ham birgalikda ishlash masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Texnologiya va innovatsiya – kelajakka qadam
Artel kompaniyasi global tajribaga tayangan holda o‘z mahsulotlarini takomillashtirib boradi. Aynan shu sababdan, Klimasan kompaniyasi bilan hamkorlikda 3 ta yangi model – S 225 SLIM, COOL 600 va COOL 700 – ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu hamkorlik natijasida mijozlar yanada ishonchli, energiya tejamkor va zamonaviy sovitkichlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Kelgusida Klimasan bilan hamkorlikni yanada kengaytirish rejalari mavjud.
Ichki bozorda kuchayib borayotgan talab
O‘zbekistonda muzlatkich va sovitkichlarga bo‘lgan talab muttasil o‘sib bormoqda. So‘nggi 4 yil ichida mahalliy bozorda taxminan 400 000 dan ortiq muzlatkich va tijorat sovitkichlari sotildi. Bu esa Artel mahsulotlariga bo‘lgan ishonch va brendning ommalashib borayotganidan dalolat beradi. Artel muzlatkichlari yuqori sifat, ishonchlilik va ilg‘or texnologiyalar uyg‘unligi bilan yirik korxonalar uchun birinchi tanlovga aylangan.
Artel mahsulotlarini tanlagan yirik kompaniyalar qatoriga “Balton Trading” (Korzinka), “Imkon Plus”, “Promeat”, “Bahroma”, “Ocard”, “Coca-Cola”, “Sochnaya dolina”, “Bliss”, “Chortoq”, “Montella”, “Chernogolovka”, “Ermak”, “BioLife”, “Legend”, “Evita”, “Polvon”, “Dairy Classic”, “Ice and Gold”, “Mondo”, “Musa”, “Anjan Ice Cream”, “Royal Muz Servis”, “Zenit Ice Cream”, “Langer Ice Cream” va boshqa ko‘plab mahalliy brendlar kiradi.
Raqobatbardoshlikning asosiy omillari:
Kafolatlangan sifat
Yuqori energiya samaradorligi
Mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv
Barcha assortiment uchun 3 yil davomida bepul servis xizmati
Doimiy assortiment:
14 xil muzlatkich modeli – 250 litrdan 1150 litrgacha hajm
15 xil vitrinali sovutkich modeli – 560 litrdan 3500 litrgacha hajm
ARTEL va SHIVAKI sovitkichlarining ustunliklari
Tijorat sovitkichlar:
Har bir Artel sovitkichi elektr xavfsizligi bo‘yicha qat’iy sinovdan o‘tadi va xalqaro ISO9001, IEC, RoHS va EAC sertifikatlariga ega. Bu bizning mahsulotlarimizning yuqori sifat va xavfsizlik standartlariga javob berishini kafolatlaydi.
Innovatsion texnologiyalar – Ishlab chiqarish jarayonida Italiyaning Galileo freon qo‘shish apparati, Canon va King Power penopoliuretan dastgohlari qo‘llaniladi.
Yuqori energiya samaradorligi – Artel tijorat sovitkichlari standart materiallarga nisbatan 20% yaxshiroq issiqlik izolyatsiyasini ta’minlaydigan ultra-mikroporoz izolyatsiyadan foydalanadi, bu esa energiya sarfini kamaytiradi.
LED yoritish tizimi – Energiya tejamkor LED yoritgichi yorqin yorug‘likni ta’minlaydi va mahsulotlarni yaxshi ko‘rinishda ushlab turadi.
Tashqi muhitga moslashuvchanlik – Bizning sovitkichlarimiz jahon yetakchilarining yuqori unumdorlikdagi kompressorlari bilan jihozlangan bo‘lib, ular hatto o‘ta past haroratlarda ham barqaror va samarali ishlashni ta’minlaydi.
“No Frost” texnologiyasi – Muz hosil bo‘lishining oldini oladi hamda tez va bir tekis sovitishni kafolatlaydi.
Moslashuvchan narx siyosati – Artel tijorat sovitkichlari bozorda raqobatbardosh narxlarga ega bo‘lib, har bir biznes uchun qulay yechimni taklif qiladi.
Uzoq muddatli bepul servis xizmati – 36 oylik bepul servis kafolati bilan mijozlarga xizmat ko‘rsatamiz.
Muzlatkichlar:
Super Freeze – 90 daqiqada tez muzlatish - Maxsus tez muzlatish funksiyasi mahsulotlarni atigi 90 daqiqada muzlatib, ularning ozuqaviy qiymati va ta’mini saqlashga yordam beradi.
Harorat diapazoni: +5°C dan -24°C gacha diapazonda boshqarish imkoniyati har qanday turdagi mahsulotlar uchun optimal sharoit yaratadi.
A+ energiya samaradorligi sinfi – 30% gacha elektr tejash
To‘rt tomonlama muzlatish texnologiyasi - Mahsulotlar har bir burchakda bir xil haroratda saqlanadi, bu esa ularning uzoq muddat yangi va sifatliligini ta’minlaydi.
Quvvatli va bardoshli kompressor yordamida muzlatkich -24°C gacha tez va barqaror sovutadi.
Elektr ta’minoti uzilib qolgan taqdirda ham, ultra-mikroporoz izolyatsiya mahsulotlaringizni 24 soat davomida kerakli haroratda saqlaydi.
Harakatlantirishni osonlashtiruvchi g‘ildirakli tizim tufayli qulay joylashtirish imkoniyati mavjud.
Atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan R600a va R290 tabiiy sovutgich gazlari ishlatilgan bo‘lib, ekologik xavfsizlik va energiya samaradorligini ta’minlaydi.
Qo‘shimcha qulayliklar – ish indikatorlari, drenaj trubkasi, seyf qulfi. Kengaytirilgan funksiyalar orqali foydalanish qulayligi oshirilgan
Artel o‘zining yuqori sifatli va zamonaviy sovutish texnologiyalari bilan O‘zbekiston va xalqaro bozorda yetakchi o‘rin egallashda davom etmoqda. Bu esa brendning barqaror rivojlanishi va kelajakda yanada kengroq bozorga chiqishiga zamin yaratadi.
"image": {
"id": 17569,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/artel_vitrinnie_morozilki_4.2025-03-11.06-24-57.webp"
"mobile_image": null,
"language": "uz"
"id": 51,
"title": "Artel Electronics “Financial and banking services committee meeting”ida qatnashdi",
"types": [
"id": 6,
"title": "Voqealar",
"color": "#3082e6",
"background_color": ""
"publish_date": "2025-03-04",
"introduction_text": "O'zbekistondagi Amerika savdo palatasi (AmCham)ning “Moliya va bank xizmatlari qo'mitasi yig'ilishi” bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Artel Electronics kompaniyasining vakillari ishtirok etdi.",
"content": "
O'zbekistondagi Amerika savdo palatasi (AmCham)ning “Moliya va bank xizmatlari qo'mitasi yig'ilishi” bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Artel Electronics kompaniyasining vakillari ishtirok etdi.
Kun tartibidagi asosiy masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o'rinbosari Temur Ishmetov bilan rejalashtirilgan uchrashuvni muhokama qilishdan iborat edi. Yig'ilish qatnashchilari davlat moliyaviy siyosati va uning tadbirkorlik faoliyatiga ta‘siri bilan bog‘liq dolzarb masalalarni chuqur tahlil qildilar.
Artel kompaniyasining yig‘ilishdagi ishtiroki kompaniyaning biznes hamjamiyati va davlat organlari bilan ochiq va samarali muloqot o'rnatishga sodiqligini namoyish etadi. Moliya va bank sohasiga oid masalalarni muhokama qilish kompaniyaning rivojlanishi va xalqaro bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
"image": {
"id": 17409,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/art04690-2.2025-03-04.09-23-34.webp"
"mobile_image": null,
"language": "uz"
"id": 54,
"title": "Artel xodimlari uchun sayyor qabullar tashkil etildi",
"types": [
"id": 6,
"title": "Voqealar",
"color": "#3082e6",
"background_color": ""
"publish_date": "2025-03-24",
"introduction_text": "Rohat, Ohangaron, Buxoro, Nukus, Jomiy va Zominda joylashgan Artel korxonalarida moddiy yordamga muhtoj xodimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning murojaatlarini tinglash maqsadida sayyor qabullar tashkil etildi.",
"content": "
Uchrashuvlar davomida xodimlarning ijtimoiy himoyasi va moddiy qo‘llab-quvvatlanishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Kompaniya jamoaning farovonligi va barqaror ishlashini ta’minlashga alohida e’tibor qaratib, turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflarni o‘rganib, zaruriy ko‘mak ko‘rsatdi.
Kompaniya rahbariyati va xodimlar o‘rtasidagi bevosita muloqotni mustahkamlashga xizmat qiluvchi ushbu uchrashuvlar Artel‘ning o‘z jamoasiga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rligining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.
Artel har doim xodimlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ehtiyojlarini inobatga olishga intiladi. Bunday ochiq muloqotlar kelgusida yanada samarali yechimlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
"image": {
"id": 17944,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/art05726.2025-04-01.04-47-41.webp"
"mobile_image": null,
"language": "uz"
"id": 56,
"title": "Artel - eng ko’p aholini daromadli ish bilan ta’minlagan ish beruvchilar ro’yhatida!",
"types": [],
"publish_date": "2025-06-16",
"introduction_text": "Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan e’lon qilingan TOP-10 ish beruvchilar ro‘yxatidan Artel kompaniyasi ham munosib o‘rin oldi.",
"content": "
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan joriy yilning yanvar–aprel oylarida aholining bandligini ta’minlashga katta hissa qo‘shgan ish beruvchilar ro‘yxati e’lon qilindi.
Quvonarlisi shundaki, ushbu TOP-10 ro‘yxatdan elektrotexnika sanoati vakili — Artel Electronics kompaniyasi ham o‘rin oldi.
Mazkur davr mobaynida korxonamiz tomonidan 1461 nafar fuqaro daromadli mehnat bilan ta’minlandi.
Bu ko‘rsatkich — Artel kompaniyasining mamlakat iqtisodiy rivojiga, aholi farovonligiga va barqaror bandlikka qaratilgan amaliy harakatlarining yana bir isboti.
Biz yurtimizda ish o‘rinlari yaratish, zamonaviy ishlab chiqarishni kengaytirish va har bir xodim uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish yo‘lida izchil ishlashda davom etamiz!
"image": {
"id": 18769,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/10talik.2025-06-16.07-05-04.jpg"
"mobile_image": null,
"language": "uz"
"id": 57,
"title": "Holding tarixidagi birinchi korporativ kviz",
"types": [],
"publish_date": "2025-07-17",
"introduction_text": "15-iyul kuni Holding kompaniyalari o‘rtasida ilk bor korporativ kviz tashkil etildi.",
"content": "
15-iyul kuni Holding kompaniyalari o‘rtasida ilk bor korporativ kviz tashkil etildi.
Mazkur tadbirda ARTEL, AKFA, TEXNOPARK va WAY II kompaniyalaridan jami 18 ta jamoa ishtirok etdi. Intellektual bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi, tezkor fikrlash, jamoaviy hamkorlik va muvofiqlikni amalda namoyon etishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, intellektual salohiyatni rivojlantirish va turli kompaniyalar vakillari o‘rtasida ijobiy aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Kviz savollari qiziqarli, topqirlikni talab qiladigan va jamoani birlashtiruvchi ruhda tayyorlangan bo‘lib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va iliq xotiralar ulashdi.
"image": {
"id": 18971,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/dsc07272.2025-07-17.05-45-50.jpg"
"mobile_image": null,
"language": "uz"
"id": 58,
"title": "Konditsionerni yoz mavsumga tayyorlash bo‘yicha maslahatlar",
"types": [
"id": 3,
"title": "Layfxaklar",
"color": "#8F79D4",
"background_color": "#E7D9FF"
"publish_date": "2025-08-27",
"introduction_text": "Как подготовить кондиционер к лету, чтобы избежать неисправностей и продлить срок службы вашего кондиционера",
"content": "
1️⃣ Filtrlarni tozalang
Ichki blokdagi filtrlarni iliq suv bilan yuvib, to‘liq quriting. Toza filtrlar xonadagi havoning sifatini yaxshilaydi va konditsionerning samaradorligini oshiradi.
2️⃣ Tashqi blokni tekshiring
Tashqi blok atrofida chang, barglar yoki boshqa chiqindilar yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Havoning to‘g‘ri aylanishi uskuna haddan tashqari qizib ketishining oldini oladi.
3️⃣ Drenaj tizimini tekshiring
Drenaj tizimi to‘g‘ri ishlayotganini va suv erkin oqib ketayotganini tekshiring. To‘silgan drenaj suv sizib chiqishiga va sovutish samaradorligining pasayishiga olib kelishi mumkin.
4️⃣ To‘g‘ri rejimni tanlang
Optimal sovutish harorati — 22–26°C. Konditsioner modeliga qarab pultda mos rejimni tanlang (* yoki “cool” tugmasi). Bu xona ichida qulaylik yaratib, elektr energiyasini tejashga yordam beradi.
Havo tezligini esa (\"Ventilator\" yoki \"Fan speed\" tugmasini bosib) eng yukoriga o'rnatish lozim.
5️⃣ Konditsionerning ishlashini kuzating
Agar begona shovqin, kuchsiz havo oqimi yoki noxush hidni sezsangiz — mutaxassisga murojaat qiling.
Displeyda harf va sonlar o‘chib yonsa, bizning servis markazimizga murojaat qiling:
+99878 148-88-88
"image": {
"id": 19144,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/web_site_1.2025-08-27.20-47-54.webp"
"mobile_image": {
"id": 19145,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/web_site_1.2025-08-27.20-48-06.webp"
"language": "uz"
"id": 59,
"title": "“Artel Electronics”, Xitoy Elektronika Savdo Palatasi (CECC) va “O‘zeltexsanoat” o‘rtasida uch tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi",
"types": [],
"publish_date": "2025-08-28",
"introduction_text": "“Artel Electronics”, Xitoy Elektronika Savdo Palatasi (CECC) va “O‘zeltexsanoat” o‘rtasida uch tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi",
"content": "
Bugun Toshkent shahrida Xitoy Elektronika Savdo Palatasi (CECC) prezidenti Van Ning boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida muhim hamkorlik kelishuvi imzolandi. Tadbirda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov hamda “Akfa Group” asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etdilar.
Uchrashuv yakunida CECC, “O‘zeltexsanoat” va “Artel Electronics” o‘rtasida elektronika, elektrotexnika va yuqori texnologiyalar sohasida keng qamrovli uch tomonlama memorandum imzolandi.
Mazkur anglashuv quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Mahalliy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;
Qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
Ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
Eksport bozorlarini kengaytirish;
Xalqaro kooperatsiyani mustahkamlash;
Yangi investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish.
Ushbu memorandum O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy-texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi, shuningdek, elektrotexnika sanoatining barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu delegatsiya kuni kecha Artel kompaniyasiga tashrif buyurib, korxonamiz faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tadbir yakunida CECC prezidenti Van Ning O‘zbekistonda yaratilayotgan investitsiyaviy muhitni yuqori baholab, CECC a’zolari tomonidan kelgusida qo‘shma loyihalarda faol ishtirok etilishiga ishonch bildirdi.
"image": {
"id": 19150,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/photo_2025-08-28_11-06-08.2025-08-28.06-23-47.webp"
"mobile_image": null,
"language": "uz"
"id": 60,
"title": "Yangi mahsulotni kutib oling: Grand Milagro 02K kombinatsiyalangan oshxona plitasi",
"types": [
"id": 2,
"title": "Mahsulot haqida",
"color": "#F78316",
"background_color": "#FFEEB2"
"publish_date": "2025-10-05",
"introduction_text": "Sizning oshxonangiz uchun ishonchli yechim",
"content": "
Oshxona plitasi – bu har bir oshxonaning yuragi, chunki aynan unda oilaning sevimli taomlari tayyorlanadi. Yangi Grand Milagro 02K modeli ilg‘or texnologiyalar, qulaylik va zamonaviy dizaynni o‘zida mujassam etib, ovqat pishirish jarayonini chinakam zavqqa aylantiradi.
Asosiy afzalliklari
1. Wok-gorelka tez pishirish uchun
Maxsus Wok-gorelka konstruktsiyasi taom tayyorlash jarayonini oddiy gorelkaga qaraganda 23% tezlashtiradi.
Og‘ir cho‘yan panjaralar 72 kg gacha yukni ko‘tara oladi va plitani har qanday oshpazlik jarayonida barqaror qiladi.
Gaz-kontrol tizimi olovni o‘chib qolganida avtomatik ravishda gaz ta’minotini to‘xtatadi, bu esa sizni gaz sizib chiqish xavfidan himoya qiladi.
4. Keng 65 litrli pech
65 litrli pech uy pishiriqlari va qovurilgan taomlarni sevuvchilar uchun ideal tanlovdir.
Grand Milagro 02K oshxona plitasi — bu quvvat, xavfsizlik va qulaylik uyg‘unligi. U sifatni qadrlaydigan, pishirishni yoqtiradigan va qulaylikka intiladiganlar uchun yaratilgan. U bilan siz nafaqat vaqtingizni tejaysiz, balki oshpazlikda yangi ufqlarni ham ochasiz.
"image": {
"id": 19369,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/grand-milagro-02-k.2025-10-07.18-21-53.jpg"
"mobile_image": {
"id": 19307,
"file": "https://artelelectronics-new.s3.amazonaws.com/grand-milagro-02-k-mobile.2025-10-05.11-37-06.webp"
"language": "uz"